Ivan Gudalj: “O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman”
25 okt 2013 00:09
Yangiliklar
Ivan Gudalj: “O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman”
O'yindan keyin Xorvatiya terma jamoasining bosh murabbiyi shunday dedi:
- Avvalo raqibimiz O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman. Bu yutuq ko'proq murabbiyniki bo'ldi va shu bois hamkasbimni alohida tabriklamoqchiman. Bugun guruhdagi eng chiroyli o'yinimizni o'tkazdik. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, jamoam ko'rsatgan o'yindan qoniqdim. Ko'plab vaziyatlarni yuzaga keltirganimiz bilan bittadan ko'p to'p kirita olmadik.
- Xorvatiya guruhda 3 ochko jamg'ardi. Jamoangizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari borasida nima deya olasiz?
- To'g'risi, hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q. Oldin bugungi o'yindan xulosa chiqarib olishimiz zarur.
Xayrulla Xoliqov
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar