Italiya A Seriyasining eng kreativ futbolchisi kim?
08 okt 2022 15:10
Yangiliklar
"Milan" yarim himoyachisi SHarl de Ketelare A Seriyaning eng kreativ futbolchisi, deya xabar berdi "La Gazetta dello Sport".

Belgiyalik futbolchi har bir uchrashuvda o'rtacha 3 tadan golli vaziyat yaratmoqda. Bu Italiya chempionatining joriy mavsumidagi eng yuqori ko'rsatkichdir.
Bu ko'rsatkich bo'yicha 2-o'ringa "Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski joylashgan. Polshalik ijodkor har bir uchrashuvda o'rtacha 2,7 ta golli vaziyat yaratadi. Kuchli uchlikni "Udineze" hujumchisi Jerar Deulofeu egalladi. Uning ko'rsatkichi – har bir o'yinda 2,6 ta golli vaziyat.
De Ketelare o'tgan yozda "Bryugge"dan "Milan"ga o'tgan edi. Transfer summasi 32 million evroni tashkil qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar