So’nggi yangiliklar

12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  1 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили"  13

“Istiqlol” - “Dinamo”. PREVYU Yangiliklar

“Istiqlol” - “Dinamo”. PREVYU

Pro-Liga 4-turi doirasida “Dinamo” jamoasi Farg'onada “Istiqlol” klubi mehmoni bo'ladi.

Yangi mavsumni “Dinamo” uchun omadli boshlandi deyish qiyin. Klub O'zbekiston Kubogi doirasida nimchorak finalga chiqqan bo'lsada, Pro-Liganing dastlabki ikki bahsida ochko yo'qotdi. Jumladan, 1-turda “Norin” bilan safarda nursiz durang qayd etgan bo'lsa, 2-turda dam oldi, 3-turda esa “Mashal” bilan o'yinda mag'lub bo'ldi.

4-turdagi g'alaba “Dinamo” uchun juda zarur. O'z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan jamoa bu safar 3 ochkoni qo'lga kiritishi shart.

O'yin vaqti nega ko'chirildi?


Pro-Liga 4-turi doirasidagi “Istiqlol” – “Dinamo” uchrashuvi o'yin vaqti soat 16:00ga ko'chirildi. O'yin belgilanganidek Farg'onadagi “Istiqlol” markaziy stadionida emas, Qirguli maydonida o'tkaziladi.

Bunga sabab “Istiqlol” stadionida Superliga doirasidagi “Neftchi” – “Metallurg” bahsining soat 18:00 boshlanishidir.

Pro-Liga. 4-tur.
24 aprel (seshanba)
“ISTIQLOL” – “DINAMO”
Stadion: 
Farg'ona, Qirguli.
O'yin boshlanish vaqti: 16:00

Tarkibda qanday o'zgarishlar bor?

“Mashal” bilan bahsda jarohati bois klubning etakchilari Ilhom Yunusov va Akmal Bozorovlar maydonga tusha olishmagandi. Bu safar ham ushbu futbolchilarning maydonga tushishi so'roq ostida. Qolaversa, “Mashal” bilan bahsda jarohat olgan asosiy himoyachi Viktor Grigorev ham tarkibda yo'q.

Uchrashuvni kim boshqaradi?

Farg'onadagi o'yinni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O'yin nazoratchisi Aleksandr Popov, komissarlik ishi esa Baxtiyor Namozovga topshirilgan.


Raqib jamoa haqida

«Dinamo» jamoasining bugungi raqibi “Istiqlol” klubi o'tgan turda “Norin” jamoasini safarda mag'lub etishga erishdi.

SHu kuni jamoa quydagi tarkibda maydonga tushdi:


«Istiqlol»: 
Eldor Isaboev, Aziz Madaliev, Iqbol Boboxonov, Jasur Yormamatov, Abduxoliq Qurbonov, SHerdor To'xtasinov (Kamron Mamasoliev, 84), Riza Ayvazov (Temur Tolipov, 70), Elyor Akbarov (Jahongir Dadaboev, 84), Rustam Abduhamidov (Sardor Telyakov, 89), Sanjar Asqaraliev, Qahramon Mahamadjonov.

“Istiqlol”ning Pro-Ligadagi natijalari:
1-tur: Orol – Istiqlol – 1:4
2-tur: Istiqlol – Andijon – 0:4
3-tur: Norin – Istiqlol – 0:1
4-tur: Istiqlol - Dinamo

“Dinamo”ning Pro-Ligadagi natijalari:
1-tur: Norin – Dinamo – 0:0
2-tur: dam oldi
3-tur: Dinamo – Mashal – 0:1
4-tur: Istiqlol – Dinamo


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика