So’nggi yangiliklar

09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  2 07:42Футзал. Бугун финал!  1 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  17 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  27 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  15 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4

Ispaniya Superkubogi. "Real" 120 daqiqalik o'yinda "Barselona"ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi Yangiliklar

Ispaniya Superkubogi. "Real" 120 daqiqalik o'yinda "Barselona"ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi

"Barselona" va "Real" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi yarim final bahsi o'z yakuniga etdi.

Barselona – Real Madrid 2:3

13 yanvar, 00.00, "King Fahd International Stadium"

Gollar: Vinisius (25, 0:1), Lyuk De Yong (42, 1:1), Benzema (72, 1:2), Fati (84, 2:2), Kazemiro (98, 2:3).

Barselona – ter Stegen, Pike, Arauxo, Alba, Buskets, de Yong (Pedri, 46), Gavi (Depay, 78), Dani Alves (Niko Gonsales, 78), de Yong (Fati, 66), Dembele, Ferran Torres (Ezzalzuli, 46; Judjla, 110).

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 90), Nacho, Militao, Mendi, Modrich (Valverde, 83), Kroos, Kazemiro, Benzema, Asensio (Rodrigo, 68), Vinisius Junior (Kamavinga, 110).

Ogohlantirish: Ferran Torres (23), Dani Alves (51), Kazemiro (75), Valverde (99).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Real" Ispaniya Superkubogi finaliga yo'l oldi! Daxshat o'yin bo'ldi bugun. "Real" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz.

120. RODRIGOOOOOOO!!!! Benzemaning mehnatini bir pul qildi 150 foizlik imkoniyatni yo'qqa chiqarib!!! Masalaga nuqta qo'yilardi hozir!

114. Pedrining hujumdagi Dembele tomon oshirgan to'pi maydondan tashqariga chiqib ketdi.

112. UXXXXX!! Fati "Real" jarima maydonchasida yiqitilgandek ko'rindi. Ammo bu penaltiga tortmasdi.

109. ZARBAAAAAAA!! Abdening zarbasi biroz noaniq ko'rinish oldi!

107. Kazemiro yaxshi vaziyatga chiqib borib, juda oson zarba yo'lladi.

105. Ikkinchi ekstra bo'lim boshlandi!

Birinchi ekstra bo'lim yakuniga etdi.

101. ZARBAAAAAAAAAA!!!! DAXSHAAATTTT!!! Busketsning zarbasini ham, Dembelening zarbasini ham Kurtua qaytarib yubordi!

98. GOOOOOOOOOLLLLLLL!!! KAZEMIRROOOOOO!!!! "Real"dan klassik qarshi hujum va super yakun!

97. Vini qanotdan darvoza yoniga to'pni oshirdi. To'p ter-SHtegenning qo'llariga borib tushdi.

93. ZARBAAAAAA!!! Abde qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Noaniq.

90. Birinchi ekstra bo'lim boshlandi!

90+2. Vinisius hujumga o'tayotgan paytda final hushtagi chalindi. Endi ekstra taymlarni ko'ramiz.

2 daqiqa qo'shib berildi.

88. Dembele yaxshi vaziyatga chiqib borayotgandi, ammo o'tkir burchakka o'tib ketdi va zarbasi o'xshamadi. Xuddi "PlayStation" joystiklarida o'zining "nastroyka"sini kiritmagandek bo'ldi.

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! FATIIIIIIIIII!!!!! Hisob yana tenglashdiiii! Qanotdan uzatilgan to'pni kichikkina Ansu boshi bilan darvozaga kiritdi!

83. Modrich o'rnini Valverdega bo'shatib berdi.

80. UXXXXXXX!!! Militao jamoasini goldan saqlab qolgandi. Ammo bu pallada Pedri offsaydda qolib ketgani malum bo'ldi.

76. "Barsa" chiroyli hujum uyushtirdi.Qanotdan uzatilgan to'pni "Real" himoyachilari to'pni burchakka chiqarib yubordi.

72. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Benzema "Real"ni hisobda oldinga olib chiqmoqda. U darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi!

69. ZARBAAAAAAAAA!!!!  Benzemaning kuchli zarbasi to'singa tegib qaytdi. "Barsa"ni goldan hozir ter-SHtegen ham qutqara olmasdi.

68. Asensio zaxiraga olindi. Uning o'rni Rodrigo bilan to'ldirildi.

66. Ansu Fati maydonga tushdi. U "Barsa" qirolini almashtirmoqda.

62. UXXXXX! "Real" hujumga o'tdi. Qanotdan oshirilgan to'pni darvozaga kiritadigan "Real" futbolchisi topilmadi.

59. O'yin markazga ko'chgan. Hozircha birinchi bo'limdagi tempni ko'rmayapmiz.

54. UXXXXXXXX!! Dembelening zarbasi noaniq ketdi.

51. Dani Alves ham sariq oldi. U Vinisiusni qo'pollik bilan yiqitgandi.

49. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Pedrining kuchli zarbasi noaniq ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Taymga vaqt qo'shib berilmadi va birdaniga tanaffus! Yoqimli taym yakunlandi.

42. GOOOOOOOOOLLLLL!!! LYUK DE YONNNGGGG!!! Hisob tenglashdiiiii!!! Lyukning to'sattan yo'llagan zarbasi darvozaga kirib ketdi

39. Asensioning zarbasini ter-SHtegen ushlab oldi.

35. Dembelening zarbasi anchagina noaniq ketdi.

32. ZARBAAAAAA!!! Lyuk De Yongning bu safargi zarbasini Kurtua qiyinchilik bilan qaytardi.

30. ZARBAAAAA!! Dembelening to'p uzatishidan keyin De Yong boshi bilan zarba yo'lladi. To'p Kurtuaning qo'llariga borib tushdi.

27. UXXXXXX!! Militao yana hujumda ko'rinish berdi va to'pni oldirib, hujumni oldini olish maqsadida fol ishlatdi.

25. GOOOOOOOOOLLLLL!!! VINISIUUUSSSSSSS!!! Vini ajoyib imkoniyatga chiqib bordi va hisobni ochdi!

19. ZARBAAAAAAAAAA!!!!! UXXXXXX!!! "Real" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Vinisius katta masofani bosib o'tib, to'pni Asensioga oshirdi. Markoning zarbasi noaniq ketdi.

17. Militao hujumga o'tdi. U hujum markazidagi Benzema tomon to'pni oshirdi. Ammo pas kuchli bo'lib chiqdi va to'p darvozabon tomon ketib qoldi.

15. "Barsa" uzoq vaqt to'p bilan bo'lib, hujum uyushtirdi. Ammo Busketsning noaniq pasi sababli hujum to'xtadi.

12. UXXXXX!!! Vinisius o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga kirib ketdi va zarba berdi. Ter-SHtegen uchun zarba qiyinlik qilmadi.

10. UXXXXX!! Lyuk De Yongning zarbasini himoyachi qaytardi. Juda yaxshi nuqta edi.

8. Endi Asensioning zarbasiga aniqlik etishmadi.

6. Karvaxal qanotdan oshirgan to'p "Real" futbolchisiga tegib, ter-SHtegenning qo'llariga borib tushdi.

3. "Real" hujumga o'tdi. Karimning zarbasi noaniq ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Hozircha jamoalar maydonga chiqib kelishganicha yo'q.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni Saudiya Arabistoniga qaratamiz. "Qirol Fahd" stadionida "Barselona" hamda "Real" jamoalari Ispaniya Superkubogining finaliga chiqish uchun bahs olib boradi. Bahsni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatadi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика