Ispaniya o'smirlar va yoshlar terma jamoasida o'ynagan "Real" futbolchisi Marokash terma jamoasini tanladi
26 jan 2023 01:50
Yangiliklar
Ispaniya o'smirlar va yoshlar terma jamoasida o'ynagan "Real" futbolchisi Marokash terma jamoasini tanladi
Braim Dias Marokash terma jamoasida to'p tepadi.
Malumotlarga ko'ra, "Milan"ga ijaraga berilgan "Real"ning 23 yoshli yarim himoyachisi 20-28 mart kunlari katta ehtimol bilan Marokash terma jamoasi yig'inida ishtirok etadi.
Dias Ispaniyaning Malaga shahrida tug'ilgan, ammo uning ota-onasi asli marokashlik. Braim Ispaniyaning o'smirlar va yoshlar jamoasida to'p tepgan va 2021 yilda asosiy jamoada bir marta maydonga tushgan. SHundan so'ng u Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmay qo'ydi.
Dias joriy mavsum A Seriyaning 17ta uchrashuvida 4ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar