Ispaniya kubogi joriy mavsum g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi
24 apr 2022 08:00
Yangiliklar
Ispaniya kubogi joriy mavsum g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi
Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Borxa Iglesias 11-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 30-daqoqada “ko'rshapalaklar” azosi
Ugo Duro hisobni tenglashtirdi. Qo'shimcha bo'limlarda esa muvozanat o'zgarmadi va o'yindan keyingi futbol lotereyasida “Betis” futbolchilari omadliroq chiqib, o'z tarixida 3-marotaba (1976/77, 2004/05, 2021/22) musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.
"Betis" – "Valensiya" 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0)
"La Kartuxa"
Gollar: 1:0 – 11 Iglesias, 1:1 – 30 Duro.
"Betis" – Bravo, Belerin, Bartra, Pesselya, Moreno (Miranda, 105), Kanales (Telo, 111), Vilyam Karvalyu (Guardado, 102), Rodriges, Rodri, Xuanmi (Xoakin, 86), Fekir (Ruibal, 111), Iglesias (Villian Joze, 102).
"Valensiya" – Mamardashvili, Fulke (Musa, 100), Gabriel Paulista, Alderete, Diakabi, Gayya, Gilyamon (Rachich, 85), Soler, Moriba (Terri Korreyya, 79), Gedesh, Duro (Xil, 85).
Penaltilar ketma-ketligi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.
Ogohlantirishlar: Gabriel Paulista (5), Vilyam Karvalyu (14), Pesselya (72), Gilyamon (74), Alderete (90), Terri Korreyya (90), Iglesias (95), Soler (98), Telo (113).


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar