So’nggi yangiliklar

18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  0 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  1 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  13 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  2

Ispaniya hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti "Barselona"dan umumiy miqdorda qancha pul olgani malum qilindi Yangiliklar

Ispaniya hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti "Barselona"dan umumiy miqdorda qancha pul olgani malum qilindi

Teglar :  Barselona
"Barselona" 2001 yildan buyon Ispaniya hakamlari qo'mitasi vice-prezidentiga pul o'tkazib kelmoqda.

Oldinroq klub 2016-2018 yildan buyon Xose Mariya Negreyraga 1,4 mln evro o'tkazib bergani borasida malumotlar berilgandi. Keyinchalik "Barselona" bu borada rasmiy bayonot bilan chiqib, klub yosh futbolchi va hakamlarning hisobotlari uchun o'tkazganligini malum qilgandi.

Keyinchalik "Barselona" 2003 yildan buyon Neyreyraga 4,7 mln evro o'tkazib kelganligi malum qilindi. Undan tashqari, Neyreyra har bir o'yin oldidan "Barselona"ga hakamlarning malumotlari, hisobotlarini taqdim qilib borgan.

"El Mundo" nashrining yozishicha, Neyreyra 2001 yildan buyon "Barselona"dan umumiy miqdorda 6 659 488 evro qabul qilib olgan.

"Barselona"da Joan Gaspar prezident bo'lib turganida 2001/02 yilgi mavsumda 135 288 evro, 2002/03 yilgi mavsumda 139 535 evro qabul qilgan.

Joan Laporta prezident bo'lganidan keyin esa Negreyra ko'proq pul ishlab olishni boshlagan. Laportadagi dastlabki mavsumda 2003/04 yilgi mavsumda 145 758 evro, 2009/10 yilgi mavsumda esa 573 398 evro.

Sandro Rossel davrida 2010-2014 yillar davomida summalar deyarli o'zgarmagan. Jozep Bartomeu esa summani sezilarli oshirgan - 2 yilga 1,6 mln evro.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика