Ispaniya chempionati. "Atletiko" -"Barselona" uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmadi
15 okt 2017 01:42
Yangiliklar
Ispaniya chempionati. "Atletiko" -"Barselona" uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmadi
Bellashuvning birinchi bo'limi o'rtalariga kelib Saul jamoadoshlari tomonidan boshlangan ajoyib kombinaciyani aylanma zarbasi orqali Ter SHtegen qo'riqlayotgan darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim oxirlariga kelib o'ng qanotdan madridliklar jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Luis Suares boshi bilan Oblak qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi. O'yinning so'nggi soniyalarida Lionel Messi g'alaba to'pini kiritishi mumkin edi. Ammo aregntinalik futbolchining 18 metrlardan yo'llagan zarbasini Oblak qaytarib qoldi...
SHu tariqa mamlakat chempionatining 8-turiga kelib kataloniyaliklar ilk bor chempionat bahslarida ochko yo'qotishdi.
Ispaniya chempionati, 8-tur.
"Atletiko" - "Barselona" 1:1 (1:0)
Madrid. "Vanda Metropolitano" stadioni.
Gollar:1:0 – 21 Saul, 1:1 – 82 Suares.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul, Gabi (Torres, 83), Ferreyra Karrasko (Parti, 73), Koke, Korrea (Gaytan, 59), Grizmann.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Alba, Nelson Semedu (Serdji Roberto, 61), Pike, Rakitich (Paulino, 79), Buskets, Inesta (Deulofeu, 61), Andre Gomesh, Messi, Suares.
Ogohlantirish:Gabi (14), Umtiti (33), Rakitich (45), Grizmann (90), Saul (90).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar