Ispaniya. Messi gol urgan va golli pas bergan o'yinda "Barselona" g'olib bo'ldi
07 jan 2018 22:11
Yangiliklar
Ispaniya. Messi gol urgan va golli pas bergan o'yinda "Barselona" g'olib bo'ldi
Uchrashuvda katta ustunlikka ega bo'lgan maydon egalari 12-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olishdi. Messi Alba bilan devor uslubidagi kombinaciyani gol bilan yakunladi. Tanaffusga qadar Luis Suares o'ng qanotdan uzatilgan to'pni chiroyli tarzda darvozaga joylab qo'ydi. SHu tariqa Suares qatorasiga beshinchi o'yinda gol urdi.
Uchrashuv oxirgi daqiqasida Messining to'p uzatishidan so'ng Paulino osongina gol urib hisobni yirik ko'rinishga keltirdi - 3:0. Kecha Koutinoni xarid qilib muxlislarini xursand qilgan "Barselona" bugun yirik g'alaba bilan xursand qildi.
Barcelona Lionel Messi - 12', Luis Suarez - 38', Paulinho - 90' |
LaLiga . 18-tur 07/01/2018, 19:15 0
:
3
Tugadi
|
Levante |
Stadion: Camp Nou, 54617 tomoshabin
Bosh hakam: Carlos del Cerro
Fikrlar