Ispan grandlari "CHelsi" futbolchisini nishonga oldi
29 jan 2022 14:07
Yangiliklar
Ispan grandlari "CHelsi" futbolchisini nishonga oldi
Londonning "CHelsi" klubi bilan shartnomasi yakunlanayotgan himoyachi Sesar Aspilikueta ispan grandlari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
32 yoshli himoyachi Madridning "Real" klubi short-listida bor.
"Qirollik klubi" futbolchi uchun oldinroq unga qiziqish bildirgan "Barselona" bilan kurashishga tayyor. Ikki grand ham Aspilikuetani nishonga olgan, uni mavsum so'nggida tekinga qo'lga kiritish mumkin.
Sesar 2012 yildan beri "aristokratlar" sharafini himoya qiladi. Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar