So’nggi yangiliklar

20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  1 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  2 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  44 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0

Islombek Isoqjonov: Murabbiyimizga munosib sovg'a tayyorlamoqchimiz Yangiliklar

Islombek Isoqjonov: Murabbiyimizga munosib sovg'a tayyorlamoqchimiz

Bugun Navoiy shahrida bo'lib o'tadigan Qizilqum - Andijon uchrashuvi oldidan burgutlar azosi Islombek Isoqjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Biz uchun har qanday o'yin muhim ahamiyatga ega. SHu bois Kubok doirasidan o'rin olgan Qizilqumga qarshi bahsga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Zomin bilan o'yindagi g'alaba ruhiy jihatdan tiklanishimizga xizmat qildi. O'ylaymanki ompdsizliklar ortda qoldi. Bugungi uchrashuvda ham g'alaba qozonib, muxlislarga xursandchilik ulashmoqchimiz.

Qolaversa bugun bosh murrabiyimiz Baxtiyor Ashurmatovning tug'ilgan kuni. Jamoadoshlarim bilan kelishgan xolda murabbiyimizga munosib sovg'a tayyorlamoqchimiz. Albatta Qizilqum kuchli raqib. Ular ham o'z uyida g'alaba ilinjida astoydil harakat qilishi turgan gap. Hozircha konchilar mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. SHu bois ularda ruhiy tayyorgarlik yuqori darajada bo'lishi aniq.  Lekin bizning maqsadimiz ijobiy natija qayd etish. Ularning g'alabali seriyasiga chek qo'yish uchun harakat qilamiz. Umid qilamanki, safardan g'alaba bilan qaytamiz. Buning uchun imkoniyatimiz etarli deb o'ylayman. Keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Bu yo'lda barchamiz mashg'ulotlarda astoydil ter to'kmoqdamiz - deydi Isoqjonov.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика