So’nggi yangiliklar

08:09Месси Дембелени табриклади  0 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  0 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  110 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  13 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  42 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3

Islombek Ismoilov: "Birinchi bo'limda yo'l qo'yilgan xato evaziga gol o'tkazib yubordik" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Birinchi bo'limda yo'l qo'yilgan xato evaziga gol o'tkazib yubordik"

"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" musobaqasining chorak final bosqichidan o'rin olgan "Qo'qon-1912"-"Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng yaypanliklar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Sababi "Qo'qon-1912" bir necha yillardan buyon Superligada yaxshi o'rinlar egallab kelayotgan klub hisoblanadi. SHuningdek, ancha shakllangan va o'yin uslubiga ega bo'lgan jamoa. Lekin shunga qaramasdan o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Birinchi bo'limda yo'l qo'yilgan xato evaziga gol o'tkazib yubordik.

Tarkibimizdagi bir qator futbolchilar o'zaro bir-birlarini tushunib olishlari uchun vaqt talab etiladi. Nasib bo'lsa Superliga yangi mavsumiga qadar jamoamiz futbolchilari o'rtasidagi moslashish jarayonini amalga oshiramiz degan umiddaman.

O'yin borasida aytadigan bo'lsam, biz birinchi bo'limda nazoratni kam qildik. Biz futbolchilarga qayta-qayta tushuntirmoqdamiz, to'p va o'yin nazorati bo'yicha ustunlikka erishishimiz kerak. Birinchi bo'limda jamoamiz futbolchilari hissiyotlarga berilishdi va shu sababli oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotdik.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida o'yinimiz tubdan o'zgardi. Birinchi bo'limga nisbatan ikkinchi bo'limda to'p nazorati bo'yicha ko'proq ustunlikka ega bo'ldik. Raqib darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlar yarata oldik. Lekin hozircha hujumlarni yakunlashda kamchiliklarimiz bor. Yarim himoya va hujum chizig'imizda uzilishlar bo'lmoqda, bu xolatlarni bartaraf etish uchun mashg'ulotlarda astoydil ishlaymiz.

Jamoamiz o'yinini kuchaytirish maqsadida ikkinchi bo'limda tarkibimizda o'zgarishlarga qo'l urdik. Bu musobaqa jamoamizga tayyorgarlik vazifasini o'tab berayotgani uchun har bir futbolchini sinovdan o'tkazib olmoqdamiz. Afsuski, tajribali futbolchi Fozil Musaev maydonga tushganiga hech qancha vaqt bo'lmasdan jarohat oldi. Hozirda uning ahvoli yaxshi, kerakli muolajalar qilindi.

Nasib bo'lsa Superliga yangi mavsumiga astoydil tayyorgarlik qilib jamoamiz muxlislarini g'alabalarimiz bilan xursand qilamiz degan umiddaman.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика