So’nggi yangiliklar

00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  55 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  1 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  3 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  16 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  7 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  26 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  80 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10

Islom Qobilov: "Bunyodkor"ning shani uchun o'ynadik" Yangiliklar

Islom Qobilov: "Bunyodkor"ning shani uchun o'ynadik"

Coca Cola Superliga 18-turning qoldirilgan uchrashuvida "Bunyodkor" o'z uyida "Paxtakor"ni qabul qildi.

SHiddatli kechgan o'yinda maydon egalari 3:2 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Ushbu bahsdan so'ng "Bunyodkor" himoyachisi Islom Qobilovning fikrlariga quloq tutdik.

"Avvalo g'alaba bilan jamoamizni va muxlislarni tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, bunday derbilarga ortiqcha tayyorgarlikning hojati yo'q. Bunday pallada futbolchilar shundoq ham o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishmoqchi bo'lishadi. Mazkur uchrashuvdan oldin "Buxoro"ga qarshi maydonga chiqqan edik, shu bois "Paxtakor" bilan kechadigan o'yinga tayyorgarlik uchun vaqt ham yo'q edi. Birinchi davradagi mag'lubiyat uchun ham borimizni berib harakat qildik",- deydi Islom Qobilov.

- O'tgan mavsumda ham "Bunyodkor" o'z maydonida xuddi shunday natija qayd etgan edi. Nima deb o'ylaysiz, futbolchilarning kuchli raqiblarga qarshi boshqacha ishtiyoq bilan maydonga chiqishi ruhiyat bilan bog'liqmi?

- Albatta, ruhiyat bilan bog'liq desam ham bo'ladi. Biz shunchaki murabbiyimizning ko'rsatmalarini katta ishtiyoq bilan bajardik va "Bunyodkor"ning shani uchun o'ynadik.

- Jamoa hisob tenglashgan vaqtda ham bosiqlik va sovuqqonlik bilan harakat qildi. Aynan shu omil avvalgi uchrashuvlarda etishmayotgandi...

- To'g'ri, o'tgan turlarda bizga bu narsa ham etishmayotgan edi. Avvalgi o'yinlardagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qildik.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика