So’nggi yangiliklar

02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   9 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  1 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  59 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  1 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  3 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  4 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  19 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  7 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  27 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  24 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  81 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3

Islom Ismoilov: "Turon" Superligada qolish uchun emas, yuqori o'rinlar uchun intiladigan jamoa sifatida shakllanadi" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Turon" Superligada qolish uchun emas, yuqori o'rinlar uchun intiladigan jamoa sifatida shakllanadi"

Pro liga 16-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Turon"(1:1) uchrashuvida so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirib o'tdi

"Bugungi uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, uchta o'yindan beri hisobda oldinda borayotib oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yubormoqdamiz. SHuning hisobiga juda ham kerakli bo'lgan ochkolarni yo'qotmoqdamiz. Bunday holat so'nggi paytlarda ko'p bor kuzatilmoqda. Futbolchilarga diqqat etibor etishmayaptimi yoki boshqa sababmi bilmadim. Zaxiradan maydonga tushayotgan futbolchilarimiz oqibatida shunday muammolar kelib chiqyapti. Ikki jamoa ham bugun hujumkor o'yin ko'rsatdi. Himoyada harakat qilgani yo'q. Dastlabki 20 daqiqa juda tez o'tib ketdi. "SHo'rtan"da ham, bizda ham gol urish uchun ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Durang adolatli natija bo'ldi deb o'ylayman. Ikki jamoa g'alaba uchun harakat qildi, ochko suv va havodek zarur edi. 

Etirozlar hamisha bo'ladi, o'yindan qoniqmaymiz. Murod Ismoilov ham murabbiy sifatida o'yin davomida o'zlarini fikrlarini bildiradilar. Bilasizmi, jamoamizda zaxira o'rindig'i juda tor. Himoya chizig'imiz 7-8ta uchrashuvdan beri o'zgarmasdan o'ynamoqda. O'yinlarni orasi zich joylashgan. SHuning hisobiga istaymizmi yo'qmi futbolchilarda charchoq alomati seziladi. Oxirgi marotaba to'liq tarkib bilan uchrashuvni o'tkazganimizni eslay olmayman. Masalan bugun Doniyor Ismoilov to'rtta sariq kartochka olganligi sabab maydonga tusha olmadi. "Neftchi" bilan kechadigan bahsda ham xuddi shu muammo. Ularning o'rnini to'ldira oladigan futbolchi yo'q. Bunday darajadagi o'yinlarga ko'p yoshlar tayyor emas. 

Zaxiradan o'yinga qo'shilgan yosh futbolchimiz juda qo'pol xato qildi. Ularga o'yinni o'z tomonimizga og'dirishimizni aytdik. Himoyalanishda xatoga yo'l qo'ydi, hech qachon bunday himoyalanish kerak emasdi. Bitta xato sabab "SHo'rtan" foydalanib gol urib ketdi.

Aksariyat matbuotlarda va xabarlarda "Neftchi"ni Superligaga olib chiqib qo'yishdi. Lekin, esdan chiqarmaslik lozim oldinda "SHo'rtan", "Dinamo" kabi jamoalarda ham imkoniyat bor. CHunki, mana shu to'rt jamoa chempionlik uchun harakat qilmoqda. Bizning maqsadimiz o'zgarmaydi. Oxirgi daqiqaga qadar kurashamiz. Mehnat qilamiz. Qaerdadir ochko yo'qotyapmiz, demak kam ishlayapmiz. Jamoamiz yosh barcha narsa bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti. "Turon" Superligada qolish uchun emas, yuqori o'rinlar uchun intiladigan jamoa sifatida shakllanadi. 

Mashg'ulotlarda asosiy etiborni jismoniy holatni tiklashga qaratmoqdamiz. Futbolchilarga og'ir yuklamalarni bermayapmiz. O'yin tugashi bilan murabbiylarimiz boshchiligida tiklanish mashqlarini boshlab yubordik. Ularni keyingi bahsga tiklash uchun maksimal darajada harakat qilyapmiz. Sunnat Ermatovni sariq kartochka olmasligini har kuni takidlab keldik. Markaziy chiziqda katta muammo bor. CHetda turib ko'p narsani o'ylashingiz mumkin, maydonda esa hammasi boshqacha bo'lib ketadi. 

"Neftchi" bilan uchrashuv ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi. Ular ham oxirgi turlarda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Ancha vaqtdan beri mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q. Finaldan kam bo'lmaydi deb o'ylayman. Ikki jamoani o'rtasida farq ikki ochko. Raqibni "Dinamo" bilan o'yini kuzatamiz. CHempionlikka erishmoqchi bo'lsak qolgan barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishimiz kerak",- deydi Islom Ismoilov.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика