So’nggi yangiliklar

13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  0 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  10 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  3 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  8 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  13 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  8 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  29 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   7

Islom Ismoilov: "Neftchi" bilan o'yinda mo'jiza yaratish uchun bugundan tayyorgarlikni boshlaymiz" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Neftchi" bilan o'yinda mo'jiza yaratish uchun bugundan tayyorgarlikni boshlaymiz"

Teglar :  Islom IsmoilovTuron
Pro liga 19-turdan o'rin olgan "Turon" - "SHo'rtan" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Havo sovuq bo'lishiiga qarmasdan qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizn g'alaba bilan tabriklayman. Klubimiz kichik xududa joylashgan, mana shu xududni tarixini yarata oldik deb o'ylayman. Hozircha ikkinchi o'rinni naqd qildik. Oldimizda "Neftchi" bilan bo'ladigan final uchrashuvi kutmoqda. G'alaba qozonib tarix emas mo'jiza yaratish uchun bugundan tayyorgarlikni boshlaymiz. Mazkur to'qnashuv yil o'yini bo'lishi shubhasiz. Bugun "Dinamo" bilan o'yinni yutgan tarkibni dastlabki daqiqalardan maydonga tushirdik. Buni murabbiylar shtabi bilan maslahatlashgan holda amalga oshirdik. Bu narsa yana bir bor o'zini oqladi. O'yinni hujumkor tarzda boshladik, ilk daqiqalardar tashkil qilgan pressing hisobiga penalti ishladik. Otabek Haydarov jamoamizdagi birinchi golini urdi. Avvalgi uchrashuvlarda ham unda qator vaziyatlar bo'ldi. Lekin foydalana olmayotgan, qaysidir manoda ruhiy tushkunlik bor edi. Hujumchimizning elkasidagi barcha og'ir yuklar tushdi deb o'ylayman. Goldan keyin jamoalar o'yinni tashab yuborayotganini ko'pchilik takidlamoqda. Bizda ham xuddi shunday narsa bo'ldi.Lekin yigitlarga rahma aytaman. Ular berilgan ko'rsatmalarni bajarib bera olishdi. Tartibli futbol va jamoaviy o'yin evaziga g'alaba qozondik",- deydi Islom Ismoilov.

- Futbolimizda bitta g'alati odat bor. Murabbiy jamoani Pro ligadan Superligaga olib chiqadida, licenziya va boshqa sabablar bilan jamoada ishlay olmaydi. Jamoa Superligaga yo'llanma olsa sizda bunday to'siqlar bo'lmaydimi?

- Yosh murabbiy bo'lsamda rahbariyat ishonishda davom etmoqda. Men kabi yosh murabbiylarga jamoani qo'rqmasdan ishonib topshirishdi, imkoniyatlar yaratib berishdi. Ularning ishonchini oqladik deb o'ylayman. Jamoa oldiga qo'yilgan vazifani deyarli uddaladik. Mavsum boshida Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan edi. Oldinda "Neftchi" bilan bahs bor. G'alaba qozonishga harakat qilamiz. Licenziya masalasida hozirda hujjatlarni barcha narsalarni federaciyaga taqdim qilganmiz. Pro licenziyasiga o'qish boshlansa albatta o'qiymiz. Superligada ham qanchadan qancha Pro licenziyasi yo'q murabbiylar ishlamoqda. O'ylaymanki O'zbekiston futbol associaciyasi sharoit yaratib beradi. CHunki biz o'sayotgan yosh avlodmiz. 

- Jamoangiz tarkibida bir qator iqtidorli futbolchilar bor. Ular maydonda siz istagan narsani ko'rsatib bera oladigan darajaga kelishdi. Tarkibni kuchaytirish maqsadida boshqa jamoalardan ko'z ostingizga olgan o'yinchilaringiz bormi?

- Jamoa Superligaga chiqadigan bo'lsa hozir qo'l ostimdagi futbolchilarga ishonishimni aytganman. SHuning uchun hali hech narsani rejalashtirganim yo'q. Agar ular Superligaga chiqish vazifasini bajara olsalar men so'zimda turaman. Yarim mavsum imkoniyat beraman, chunki Superliga bu darajasi boshqa musobaqa. Agar nimadir o'xshamasa tarkibni kuchaytirishimni takidlaganman. Lekin biz hali Superligada emasmiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Futbolchilar biz istayotgan narsani endi mavsum oxirida tushunib etishmoqda. CHiroyli o'yin ko'rsatmoqdamiz. Ayrim futbolchilar bilan ikki yildan beri ishlayapmiz. Biz yangi futbolchilarni olib kelib tushuntirgunimizcha vaqt ketadi. 

- Jamoa qishki yig'inni qaerda o'tkazishni rejalashtirmoqda?

- 2021 yilgi reja dasturini tuzib chiqqanmiz. Buni yaqin kunlarda rahbariyatga taqdim qilaman. Yig'inni qaerda o'tkazishimiz qaysi o'rinni egallashimizga bog'liq. Elitaga chiqadigan bo'lsak rahbariyatdan xorijda yig'in o'tkazishni so'raymiz. Agar keyingi yil Pro ligada ishtirok etadigan bo'lsak eng yaxshi variant Toshkentda yig'in o'tkazish. Buni o'ylash uchun hali erta deb o'ylayman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика