Islambek Seytnazarov: "Bizda bosh murabbiy kasal, yordamchi murabbiyning o'zi yo'q"
29 apr 2022 20:16
Yangiliklar
Islambek Seytnazarov: "Bizda bosh murabbiy kasal, yordamchi murabbiyning o'zi yo'q"
O'yin haqida
- O'yin yaxshi o'tdi. Bugun jamoamizning o'yini o'xshamadi, sababi jamoada yo'qotishlar nihoyatda ko'p edi. "SHo'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.
- To'rt-besh daqiqa ichida "Aral" uchta gol o'tkazib yubordi. Buni qanday izohlaysiz?
- Buni etiborsizlik natijasi deb o'ylayman. Xotirjamlikka berildik.
- Birinchi bo'limda shogirdlaringiz yaxshi harakat qilishdi. Birinchi gol ularning ruhiyatiga tasir o'tkazdimi?
- Albatta, dastlabki gol futbolchilarning ruhiyatiga katta zarba berdi.
- Jamoa bosh murabbiyi va uning yordamchisi bugungi o'yinda nega ishtirok etmadi?
- Bosh murabbiy davolanmoqda, jamoamizda yordamchi murabbiyning o'zi yo'q.
- "Aral" suniy maydonda to'p tepadi. Ham suniy, ham tabiiy maydonda o'ynash futbolchilarni toliqtirmaydimi?
- Albatta, bu o'z tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Jamoa suniy maydonga o'rgangan.
- Bugun zaxirada 5 nafar futbolchi bor edi, ular orasida hujumchi yo'q edi. Tarkibda ham bitta hujumchi maydonga tushdi. Bir jamoaga bitta hujumchi kamlik qilmaydimi?
- O'yinchilarimizning ko'pchiligi jarohat olgan. SHu bois bitta hujumchi bilan kelishga majbur bo'ldik.
- Qoraqalpog'istondan Qashqadaryogacha 12 soat yo'l bosib keldingizlar. Yo'l charchog'idan so'ng qolgan vaqt o'yinchilarning tiklanishi uchun etarli hisoblanadimi?
- Albatta, bu ham ularga tasir o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar