So’nggi yangiliklar

16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  5

Ishqilib hakam qovun tushirmasa bo'lgani Yangiliklar

Ishqilib hakam qovun tushirmasa bo'lgani

Kecha "Paxtakor" OCHLda Eron klubi "Traktor" bilan durang o'ynadi.

OCHL-2021 guruh bosqichining dastlabki bellashuvida "Paxtakor" g'alaba qozonishi ham, mag'lub bo'lishi ham mumkin edi. Jamoa ikkita to'p farqi bilan  ortda borayotib, vaziyatni o'zgartira oldi: 0:2 13 daqiqa oralig'ida 3:2ga aylandi. "Paxtakor" g'alabani ilib ketishi ham mumkin edi, biroq o'yin oxirlarida yaponiyalik hakam penalti belgiladi. 

O'yinni boshqarib borgan Jumpey Iida "Paxtakor" darvozasi tomon 2 bor penalti belgiladi va eronlik futbolchilar ikkala penaltini golga aylantira olishdi. Lekin xolisona aytganda ikkala penalti ham bormidi degan savol yuzaga keladi. Birinchisida zarba shunchalik kuchli bo'ldiki, bu erda maqsad to'pni qo'l bilan qaytarib yuborish emasdi. Anzur Ismmoilovning qo'li tabiiy holatda edi. Zarbaning kuchliligidan qo'lni olib qochishning imkoni yo'q edi. 

Ikkinchi penalti haqida. Penalti belgilashdan oldin yiqitilgan futbolchi o'yindan tashqari holatda turgandek ko'rindi. Va ofsayd bo'lmagan taqdirda ham yaqqol penalti bersa bo'ladigan darajada qoida buzildimi degan savol yuzaga keladi. SHuni unutmaylikki, jarima maydonchasi ichida har qanday qoida buzilishi penalti bilan jazolanadi degani emas. Bu erda qoida buzilishining qanchalik jiddiyligi, penalti berishga asos bor yo yo'qligi, o'yin ahamiyati darajasi ham etiborga olinishi kerak.

Mana bugun tungi 00:00 vaqti bilan AGMK o'z ishtirokini boshlaydi. AGMK ilk turda "Al Hilol" bilan kuch sinashadi. Bu o'yinni ham yaponiyalik hakam Ryuji Sato boshqaradi. Sato o'zbek klublari uchun ham omadli, ham omadsiz. 

Lekin shu paytgacha Saudiya Arabistonida bo'lgan va Sato hakamlik qilgan uchta o'yinda jamoalarimiz mag'lubiyatga uchragan. "Al Ahli"ga qarshi 3ta bahsni Sato boshqarib, "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf" mag'lub bo'lgan. Ayniqsa 2016 yilgi "Al Ahli" - "Nasaf" o'yinida ro'y bergan voqealar yodingizda bo'lsa kerak. Bir vaziyatda raqib futbolchisi Dilshod Rahmatullaevni karate uslubida bir tepib qoshini yorganini ko'rib ham bu hakam miq etmagandi. 

Ishqilib Ryuji Sato bugun yana qovun tushirmasa bo'lgani. AGMKdan esa irodali o'yin kutib qolamiz. 

Ryuji Sato boshqargan o'yinlar: 

2019. OCHL guruh bosqichi. "Al Ahli" - "Paxtakor" 2:1

2019. OCHL pley-off. "Al Nasr" - "Paxtakor" 1:2

2017. OCHL guruh bosqichi. "Al Ahli" - "Bunyodkor" 2:0

2016. JCH saralash bosqichi. O'zbekiston - Suriya 1:0

2016. OCHL guruh bosqichi. "Sepaxon" - "Lokomotiv" 0:2

2016. OCHL guruh bosqichi. "Al Ahli" - "Nasaf" 2:1

2015. OCHL guruh bosqichi. "Lokomotiv" - "Fulad" 1:1

Reyting: -56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика