So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" (матнли трансляция)  18 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  7 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0

Iqtidorli italiyaliklarni to'playotgan "Milan"ning transfer siyosati haqida Yangiliklar

Iqtidorli italiyaliklarni to'playotgan "Milan"ning transfer siyosati haqida

"Breshiya" bilan xavbek Sandro Tonali transferi borasida ishlarni yakunlagan "Milan" italiyalik boshqa bir yosh iqtidorni ko'zlamoqda.

"Milan" yana "Fiorentina" vingeri Federiko Kezaga jiddiy ravishda qiziqmoqda.

22 yoshli italiyalikka "rossoneri" befarq emasligi haqida xabarlar bundan bir oycha avval ham OAVda yangragandi. Ammo keyin klub boshqa chiziqlarni kuchaytirishga tushdi va Kezaning "Milan"ga transfer borasidagi gaplar tinchib qolgandi. Ammo endi...

Malumotlarga qaraganda, Maldini Keza va uning otasi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan, agent Fali Ramadani – o'rtadagi inson

Corriere della Sera gazetasining manbaalarga tayanib bergan xabariga ko'ra, "Milan" Federiko Keza va uning atrofidagilar bilan ushbu transfer borasida faol muzokaraga kirishgan. Gazetaning takidlashicha, muzokaralarda anchayin mashhur agent Fali Ramadani ham ishtirok etyapti. Kezaning umuman agenti yo'q.

Nega aynan Ramadani? Bu haqida keyinroq.

Jurnalist Luis Jirardining aytishicha, "Milan" va Keza shartnoma shartlari borasida allaqachon kelishib olishgan.

SHuningdek insayderning takidlashicha, muzokaralarda Ramadani, futbolchining otasi Enriko Keza va yana bir nomalum o'rtadagi inson ishtirok etmoqda. Uning kimligi oshkor etilmayapti, lekin aynan uning borligi futbolchi "rossoneri" tarkibiga o'tishida hal qiluvchi rolni o'ynaydi deyilmoqda.

Qizish qizish bilanku, lekin "Milan" Keza transferiga pulni qaerdan oladi?

SHu o'rinda, "Fiorentina" prezidenti Rokko Komisso yaqindagina Kezani faqatgina chindan yaxshi taklif tushsagina qo'yib yuborishlarini aytib o'tgandi. Yaxshi taklif deganda u 70 mln evroni nazarda tutgan shekilli.

SHu raqamlarni Sport Mediaset ham tasdiqlamoqda, ular shuningdek florenciyaliklar oxirgi kunlarda Keza shu yoz ketishiga tan berib, talab qilinayotgan summani 50 mln evrogacha tushirganlar.

"Fiorentina" va Komissoning muzokaralarda "muloyimroq" bo'lishiga yana bir sabab futbolchining o'zi rahbariyatga ketish niyatidaligini aytib bo'lgan.

Yaqin kunlarda "Milan" "Fiorentina"ga 20-30 mln evro + Lukas Paketani taklif qilishi mumkin.

Kezaga shu bilan birga "Yuventus" ham qiziqmoqda, lekin turinliklar "Milan" uchun to'siq bo'lolmasalar kerak


Ammo, katta ehtimol bilan agar hal qiluvchi so'z Kezaga qoldirilsa, futbolchi aynan "Milan"ni tanlaydi, chunki shu kunlarda "rossoneri"ga qo'shilgan Sandro Tonali kabi u ham yoshligidan jamoaga muxlislik qilgan, deb yozmoqda Sempre Milan. 

Masalaning boshqa tomoni ham bor, turinliklar mavsumlar oralig'ida katta transferlarni amalga oshirishlari uchun undan kam bo'lmagan sotishlarni amalga oshirishilari zarur. Bu esa malum vaqtni talab qiladi. Aynan shu jihat "Milan"ga qo'l kelishi mumkin. SHunga o'xshash vaziyat Tonali bilan ham sodir bo'ldi, "Inter" biroz vaqtni o'tkazib yubordi va futbolchidan ayrildi. Maldini buni yaxshi biladi va ikkinchi bor raqibdan tezroq harakat qilib qolish niyatida.

Bazi manbaalarning xabar berishicha, Enriko Keza (futbolchining otasi) "Milan" direktori Paolo Maldini bilan juda yaqin do'stona munosabatlarda va va u shahsan o'g'lini "rossoneri"lar safida ko'rishni istaydi.

Maldini qo'shimchasiga o'sha aytilgan agent Fali Ramadani bilan ham ajoyib munosabatda, muzokaralarda esa shu kabi detallar ham muhim rol o'ynashi mumkin – Ramadani juda uzoq vaqtdan buyon Keza oilasining do'sti hisoblanadi.

Agar u futbolchining agenti bo'lmasa, bu kelishuvda Ramadanining nima keragi bor? Uning Keza oilasi bilan yaxshi munosabatdaligidan "Milan"ga nima foyda?

Fali Ramadani ko'pchilikning do'stiligidan tashqari, "Milan" vingeri Ante Rebichning agenti hisoblanadi. Xabaringiz bo'lsa kerak, "rossoneri" xorvatiyalik futbolchini "Ayntraxt"dan to'liq sotib olish borasida ish olib bormoqda. 

Endi etibor bering, ishning qiziqarli qismiga keldik. "Ayntraxt" o'z vaqtida Rebichni aynan "Fiorentina"dan 2 mln evroga sotib olgandi. O'shanda klublar italiyaliklarga keyingi transfer summasidan 50% tegishini ham belgilab qo'yishgan. Yani "Milan" nemislarga Rebich uchun to'laydigan pulning teng yarmi kimga ketishini tushunib oldik.

Gapni qayoqqa burganimizni tushundingiz deb o'ylaymiz: "Milan" Kezaning murakkab transfer operaciyasida uch tomonlama shartnomaga o'xshash usulni qo'llab, Rebichni ham atayin shu ishga aralashtirmoqda. 

Mana qarang: Aytaylik, "Milan" Rebichni 30 mln evroga sotib oladi, ularning 15 mln "Fiorentina"ga o'tkaziladi (+15 mln klub g'aznasiga), keyin Kezani nisbatan arzonroqqa, o'zbekcha qilib aytganda, "o'zimiznikilar uchun" narxida xarid qiladi – misol uchun 40 mln evro (yana +40 mln "Fio" g'aznasiga). Natijada, "Ayntraxt" vaqtida 2 mlnga olgan futbolchisidan yaxshi pul ishlab oladi, "Fiorentina" ulkan kompensaciyaga ega bo'ladi, "Milan" esa foydali va muhimi oyligi tufayli katta og'irlik tushmaydigan ikki futbolchini qo'lga kiritadi. Hamma xursand!

Aytgancha, oxirgi vaqtlarda tarqalgan xabarlar ham bu kabi ehtimoliy teoriya foydasiga yangramoqda. "Milan" hali ijara muddati tugashiga yana bir yil bo'lishiga qaramay, Rebichni to'liq sotib olish borasida "Ayntraxt" bilan muzokaralarga kirishgan. Xorvat kamida yana bir yil Italiyada bo'lishi aniq bo'lsa, milanliklar esa boshqa chiziqlarni kuchaytirishi zarur vaqtda nega buncha shoshilishmoqda? Yoki bizning aytganlarimiz haqiqatga yaqin-mi?

SHu o'rinda, Ramadani "Fiorentina" markaziy yarim himoyachisi Nikola Milenkovichning agenti ekanligini ham eslatib o'tish lozim deb hisobladik. Eshitmagan bo'lsangiz, "Milan" Milenkovichni shu transfer oynasidayoq sotib olishni rejalashtirmoqda.

Agar Keza "Milan"ga o'tsa, "rossoneri"lar tarkibidagi to'rtinchi yosh top-italiyalikka aylanadi. Yomon emas-a?!

Keyingi mavsum "Milan"ning tarkibi shunday ko'rinishda bo'lishi mumkin:

Bu tarkib bilan "Milan" eng yuqori o'rinlar uchun kurashishiga ishonasizmi?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика