So’nggi yangiliklar

11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  7 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  4 07:42Футзал. Бугун финал!  3 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  1 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  36 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  16

Iqbol Malikjonov: "So'g'diyona"ga o'tishim oldinga tashlangan qadam deb bilaman" Yangiliklar

Iqbol Malikjonov: "So'g'diyona"ga o'tishim oldinga tashlangan qadam deb bilaman"

O'zbekiston Superligasida ishtirok etuvchi Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi qishki yig'in davomida o'z safiga bir nechta futbolchilarni jalb qildi va rasmiy shartnomalar imzolandi.

Ular orasida “Qo'qon-1912” jamoasida ishtirok etgan va o'zining mazmunli o'yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan Iqbol Malikjonov ham bor.  “Neftchi” ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan qiziqdik.

- Xabarimiz bor, davralar oralig'ida sizga bir nechta klublardan takliflar tushdi. Ular orasidan siz aynan “So'g'diyona”ni tanladingiz. Bunga sabab nima?

- Futbolchi sifatida oldindan ushbu klub ishtirokidagi o'yinlarni kuzatganman. “So'g'diyona” O'zbekistonda o'z o'rniga ega bo'lgan klubdir. Jamoada ko'plab qo'qonlik futbolchilar to'p tepgan. SHu jumladan men ham Aleksandr Mochinov taklifini qabul qildim va hozirgi kunda “So'g'diyona”daman. Buning uchun Aleksandr Mochinovga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Menga bildirilgan ishonchini oqlash uchun harakat qilaman.

- Jamoaga kelib o'z oldingizga qanday maqsadlar qo'ydingiz?
- Avvalo meni “So'g'diyona”ga o'tishimga rozilik bergan va shu kungacha futbol sir asrorlarini menga o'rgatgan No'mon Hasanovga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.  Bu klubga o'tishim oldinga tashlangan qadam deb bilaman. Jamoaga ko'nikishim qiyin bo'lmad. Hozirda jamoada ichki muhit alo darajada. Maqsadim jamoadoshlarim bilan birga  jizzaxlik muxlislarni xursand qilish va “So'g'diyona”ning oldingi mavqeini yanada ko'tarish.

- Dastlabki turda jamoa safarda “Paxtakor”ga mag'lub bo'ldi. “Neftchi” ga qarshi bahs oldidan qanday fikrdasiz va qisqacha tayyorgarlik haqida aytib o'tsangiz...
- Bu yil Superligada 12 ta jamoa qatnashayapti va har bir o'yin murosasiz finalga teng bahslar bo'ladi desam ham bo'ladi. “Paxtakor”ga qarshi  o'yin  biz uchun og'ir kechdi. Raqib esa O'zbekistonning eng nomdor jamoalaridan biridir. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi bo'limda o'z xatolarimiz evaziga ikkita gol o'tkazib yubordi.Bu esa mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. Navbatdagi raqibimiz “Neftchi” jamoasidir. Ushbu o'yinga jiddiy hozirlik ko'rmoqdamiz. Mashg'ulotlarda esa xatolarmiz ustida ishlayapmiz. “Neftchi”ga qarshi bahsda faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Muxlislarga tilaklaringiz...
- “Paxtakor”ga qarshi bahsni tomosha qilish uchun  jizzaxlik ko'plab muxlislar stadionga  tashrif buyurishdi ,bu bizga qo'shimcha kuch berdi. Ishonamanki,“Neftchi” ga qarshi o'z maydonimizda o'tadigan bahsda ham muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashadi,jamoadoshlarim bilan birgalikda ularga g'alabani taqdim etishga harakat qilamiz.

 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика