Inzagi: "Og'ir zarba. Ammo "Inter" 2 ochkolik farqni yo'qqa chiqara oladi"
28 apr 2022 09:28
Yangiliklar
Inzagi: "Og'ir zarba. Ammo "Inter" 2 ochkolik farqni yo'qqa chiqara oladi"
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi "Bolonya"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:2) fikr bildirdi.
"Albatta alam bor va bu normal holat. Endi barchasi faqat o'zimizga bog'liq emas. Endilikda "Milan"ni kuzatib, qolgan 4 ta o'yinning barchasida g'alaba qozonishimiz kerak.
Biz hisobda oldinda edik va ko'proq gol urishimiz kerak edi. Ammo uning o'rniga Arnautovichga boshi bilan gol urishga qo'yib berdik. Agar shu xatoni hisobga olmasak, birinchi bo'limmi yaxshi o'tkazdik. Vaziyatlar bo'lgandi, ikkinchi golni urishga loyiq edik.
Bu og'ir zarba, ammo diydiyo qilish shart emas. Har bir o'yin og'ir o'tadi. Ammo to'rtta o'yinda 2 ochkolik farqni yo'qotsa bo'ladi", - dedi Inzagi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar