Inzagi: "Juda og'riqli mag'lubiyat bo'ldi"
02 okt 2022 15:31
Yangiliklar
Inzagi: "Juda og'riqli mag'lubiyat bo'ldi"
"Seshanba kuni bizni ECHLdagi muhim o'yin kutib turibdi. Ushbu uchrashuv oldidan loyiq bo'lmagan mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Futbol shunday. Mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazib, quruq qo'l bilan qaytyapmiz. Og'riqli mag'lubiyat bo'ldi.
Murabbiy sifatida jamoamning o'yinidan qoniqdim, ko'plab xavfli vaziyatlar yaratdik. A Seriyada 8 o'yin o'tkazgan bo'lsak, bu eng yaxshisi bo'ldi. Futbolchilarim vaziyatga yaxshi reakciya qila olishdi, qo'llaridan kelganini qilishdi. SHunchaki barchasini detalma-detal o'rganib chiqish kerak. CHunki keraksiz joylarda ikki gol qo'yib yubordik.
"Udineze"ga qarshi o'yinni taxlil qildik. O'sha kuni standartlar talabga javob bermasdi. Bugun esa o'zim istagan, ketma-ket ikkita sovrin olgan "Inter"ni ko'rdim. Biroq bizga natijalar kerak. Hozir biz biroz etiborni yo'qotsak ham qattiq jazolanyapmiz. Barchasini yaxshilash kerak", - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar