So’nggi yangiliklar

18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  1 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  7 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  5 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20 12:17Мауро Брасил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12

Intervyu. Rustam Ashurmatov nima uchun "Gvangju"ni tanlaganini tushuntirib berdi Yangiliklar

Intervyu. Rustam Ashurmatov nima uchun "Gvangju"ni tanlaganini tushuntirib berdi

O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov Janubiy Koreyaning "Gvangju" klubiga ko'chib o'tdi.

Ayni paytda yangi klubi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan hamyurtimiz bilan bog'lanib suhbatlashdik.

- Yangi klubga o'tish qanday sodir bo'ldi?
- Dastlab "Gvangju" klubidan "Bunyodkor"ga taklif kelib tushgan. "Bunyodkor" rahbariyati ushbu taklif haqida menga aytishdi. To'g'risi taklif ustida juda ko'p o'yladim. Ko'pchilik bilan maslahatlashdim va oxiri bu jamoaga o'tishga rozilik berdim.

- Transfer qaysi agent orqali amalga oshdi?

- Bu o'tish "Bunyodkor" jamoasi rahbariyati orqali amalga oshdi. Ikki klub o'zaro kelishib transferni amalga oshirishdi.

- Yangi klubingiz haqida qanday fikrdasiz?

- Hozirda fikrlarim ijobiy, sababi jamoa va undagi sharoitlar juda ham yaxshi. Murabbiylar, futbolchilar barchasi menda yaxshi taassurot qoldiryapti.



- Sizga Superliga klublaridan ham takliflar bo'lgan ekan. Nima uchun xorijni tanladingiz?

- Ha, albatta Superligadagi juda ko'p jamoalardan takliflar bo'ldi. Lekin o'zimni legioner sifatida sinab ko'rishga qaror qildim. Albatta menga taklif bilan chiqqan jamoalarni hurmatini saqlagan holda nomlarini oshkor qilmayman. Taklif uchun barcha jamoalarga rahmat aytib o'taman.

- Yangi klubingizning bu yilgi maqsadi qanday?

- "Gvangju" o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Aniqrog'i bu yilgi vazifa Janubiy Koreya oliy ligasiga chiqish.

- Koreyada til borasida qiyinchilik yuz bermaydimi?

- Til borasida balki ozroq qiyinchilik bo'lar, lekin hech bir ish osonlikcha bo'lmaydi-ku. Qo'limdan kelgancha til o'rganishga harakat qilaman.

- Bu klubda o'zbek muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Sato Minori ham o'ynagan ekan. U klubdan ketganmi?

- Ha, Sato Minori o'tgan yili bu jamoa safida o'ynagan ekan. Lekin hozirgi kunda u jamoada yo'q.



- Fursatdan foydalanib qaysi murabbiylarga rahmat aytmoqchisiz?

- Rahmat aytadigan murabbiylarim juda ham ko'p. Tog'am Baxtiyor Ashurmatovga, Mirjalol Qosimovga, Sergey Lushanga, Ravshan Haydarovga va albatta yoshlikdagi birinchi murabbiylarimga minnatdorlichiligimni bildiraman. Ulardan ko'p narsalar o'rgandim va o'rganishda davom etayapman. Hozirda xudoga shukr barcha ishlagan murabbiylarim bilan aloqam yaxshi.

- "Bunyodkor" klubi muxlislariga aytar so'zingiz...

- "Bunyodkor" muxlislarini juda ham qattiq hurmat qilaman. Ular bilan aloqamizni saqlab qolamiz degan umiddaman. Balki ularga jamoadan ketganim og'ir botgandir, lekin meni to'g'ri tushunishlarini judayam xohlardim. Men qalbim bilan doim "Bunyodkor" bilanman, Olg'a "Bunyodkor"!


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика