So’nggi yangiliklar

01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:01АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 0:0 (матнли трансляция)  4 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  19 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  2 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  21

Intervyu. Keylor Navas: “100 foizga tayyor bo'laman va kurashga tayyorman” Yangiliklar

Intervyu. Keylor Navas: “100 foizga tayyor bo'laman va kurashga tayyorman”

Teglar :  RealKeylor Navas
Madridning “Real” jamoasi darvozaboni Keylor Navas jarohati bilan bog'liq vaziyat tufayli Ispaniyaga kelib, tibbiy tekshiruvdan o'tdi. “AS” gazetasi muxbirlari unga avvalgi mavsum hamda kelajakdagi rejalari to'g'risida qator savollar bilan murojaat qilishdi.

- O'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Yaxshi, Yaratganga shukrki, hozir ancha yaxshiman. Davolanish ko'ngildagidek kechmoqda. Bu eng muhimidir.

- Mavsum oldi yig'inga tayyormisiz?

- Ha, uni tezroq boshlashni istayapman. SHifokorlar nima deyishini ko'ramiz.

- Terma jamoa safida “Oltin Kubok”da ishtirok etmasligingizdan xafamisiz? Boshqa tarafdan “Real” bilan mashg'ulotlarga kirishasiz.

- Terma jamoadagi har bir uchrashuv hamma uchun ajoyib g'urur, men uchun katta ishtiyoq degani. Afsuski, bu yil terma jamoa bilan “Oltin Kubok”ka borish nasib etmadi. Uni o'tkazib yuborishga majburman. Hozir men uchun eng muhimi to'liq tiklanish va qachon tayyor bo'lsam, “Real” tarkibiga qo'shilaman. Havola etilgan vaqtdan unumli foydalanishim darkor.

- Benites bilan suhbatlashdingizmi?

- Ha, u bilan gaplashdim.

- Sizga nimalar dedi?

- Barchasi yaxshiligini va o'zimni qanday his qilayotganimni. Boshqa hech narsa.

- Qaytganingizdan xursandmisiz?

- Madridda baxtliman va maqsadga erishish yo'lida ishlashga tayyorman.

- Anchelottini sog'inib qolasizmi?

- Hozirgi holatim haqida qayg'urishim kerak va bu boshqa voqea. Anchelotti tarix, endi esa chipni almashtirib, ayni paytga moslashish lozim.

- De Xea haqida qanday o'ylaysiz?

- Yaxshi darvozabon. O'ylashimcha, MYUda yaxshi o'ynadi. Boshqa posbonlar singari u hurmatga loyiq.

- Endi sizda yanada ko'proq raqobat bo'ladimi?

- Xotirjamman va har qanday o'yinchi bilan raqobatga tayyorman – bu tushunarli. O'z hududimni himoya qilaman va asosiy tarkib darvozaboniga aylanish uchun bor kuchimni ishga solaman, shunga harakat qilaman. Orzularim sari kurashishda davom etaman.

- Hozir siz jarohatlangansiz, De Xeaning o'tishi so'roq ostida. Hamma narsa Kasilyas yana asosiy posbon bo'lishiga qarab ketmoqda.

- Men faqat o'z ishim haqida qayg'uraman. Tez orada 100 foizga tayyor bo'laman. Mavsumga doimgidek katta xohish bilan yaqinlashyapman, asosiy tarkib futbolchisi bo'lishni istayman. Bunga doim intilaman va ishlayman. Bu yil qanday kelishini ko'ramiz.

- Keylor Navas bu mavsumdan nima kutmoqda?

- Faoliyatimdagi boshqa mavsumlar singari muhim yil. Har bir mavsumga o'xshash ruhiyat va ko'proq o'ynash xohishi bilan kirib boraman. Jamoaga sovrinlar yutishda yordam berish zarur.

- Luis Lopisning Madridga kelishi sizga ustunlik beradimi? (“Real” yaqinda “Levante”ning darvozabonlar bo'yicha sobiq murabbiyi Luisa Lopisni ishga oldi. U “darvozabonlar direktori” lavozimida ishlab, barcha jamoalarning darvozabonlar tayyorgarligiga javob beradi, bolalar jamoasidan asosiy tarkibgacha)

- Yo'q. Bundan “Real” yutadi. U ajoyib mutaxassisga ega bo'ldi.

- Serxio Ramos haqida so'ramoqchimiz. U bilan gaplashdingizmi?

- Yo'q, u bilan suhbatlashmadim. Serxio biz uchun juda muhim o'yinchi va umid qilamanki, u bilan bilan qoladi. Vaziyat qanday ko'rinish olishini kuzatamiz.

- U “Real”da qolishni xohlaydimi?

- Bilmayman, undan so'rash kerak. Uning jamoadagi do'sti sifatida aytishim mumkinki, bu shaxsiy holat. O'z fikrimni bildirishim kerak emas.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика