So’nggi yangiliklar

12:59"Барселона" Хавини ишдан бўшатади  2 12:34"Лидс" "Норвич"ни тор-мор этиб, Чемпионшип плей-оффининг финалига чиқди  0 12:13ОФК янги форматдаги мусобақаларни таништирди  2 11:56Ҳаким Фузайлов — "Хоразм" клуби бош мураббийи  8 11:34Рўзимбой Аҳмедов — "Хоразм" ФК бош директори  6 11:19ЎФА тасдиқлади. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Янги Зеландияга қарши ўйнайди  0 10:47Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин  1 10:20«Манчестер Юнайтед» собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади  7 09:53«Ал Насср»нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас  6 09:25Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери. Рўйхатдан МЮнинг уч нафар футболчиси жой олди  5 08:59Билармидингиз? «Комо» хўжайинининг пуллари А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ  3 08:40ЛаЛига. "Альмерия" - "Барселона" 0:2  2 08:33«Интер» афсоналаридан бири «Спартак М» устозига айланди  0 08:07Канте? Франция терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби маълум  4 07:40«Пенальтини уролмаганидан кейин 3 кун ухлолмай чиқдим» — Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев U-23 жамоаси ҳақида фикр билдирдилар  11

Intervyu. Islom Qobilov: "Bunyodkor" ikkinchi uyim" Yangiliklar

Intervyu. Islom Qobilov: "Bunyodkor" ikkinchi uyim"

Yil boshida Toshkentning "Bunyodkor" klubida katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. Rahbariyat o'zgardi, murabbiylar shtabi o'zgardi, ko'plab futbolchilar boshqa klublarga o'tib ketishdi.

SHunga qaramay yosh futbolchilardan iborat jamoa Vadim Abramov boshchiligida chiroyli o'yin namoyish etmoqda va ayni paytda peshqadamlar orasida bormoqda. "Qaldirg'ochlar" tarkibida Islom Qobilov himoyadagi ishonchli o'yinlari bilan ko'pchilikning etiboriga tushmoqda. Biz ayni paytda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida yig'in o'tkazayotgan futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Ushbu mavsum haqida nima deya olasiz?

- Xabaringiz bor, 2019 yilgi Superliga biz uchun muvaffaqiyatli boshlangani yo'q. Dastlab Jizzaxda, so'ngra "Paxtakor" bilan o'yinda mag'lub bo'ldik. Biroq keyinchalik o'zimizga kelib oldik. SHunga qaramay ko'plab qimmatli ochkolarni yo'qotdik. Bu mavsumdan hozircha 70 foizga ko'nglim to'lmoqda deya olaman.

- Sizingcha o'sha ikki mag'lubiyatga nima sabab bo'lgandi?

- Yangi mavsum oldidan jamoada bosh murabbiy o'zgardi, tarkibni ko'plab futbolchilar tark etishdi. Jamoa o'zagini asosan yosh futbolchilar tashkil etmoqda. Mavsum avvalida bizga biroz tajriba etishmadi menimcha. Sababi ikki nafar tajribali futbolchi Anvar G'ofurov va Lutfulla To'raev birinchi turda bizga yordam bera olishmagandi. Bu ikki o'yinchi bilan birga Murodjon Zuhurov ayni paytda jamoamizning tajribali va etakchilari hisoblanadi. Ular yosh jamoadoshlariga o'sishda va rivojlanishda yordam berishmoqda.



- Vadim Abramovga murabbiy sifatida qanday tarif berasiz?

- Abramov juda ham sovuqqon murbbiy. Har qanday qiyin vaziyatda ham o'zini yo'qotib qo'ymaydi. Mag'lubiyatga uchraganda yoki gol o'tkazib yuborganimizd shunchaki o'z o'yinimizni o'ynashimizni takidlaydi. Nima bo'lsa ham o'z o'yin uslubidan voz kechmaydigan murabbiy. Tajribasi juda yuqori.

- Nima uchun himoyani tanlagansiz yoki murabbiyning qarorimi bu?

- Himoyachi bulishimga dadam sababchi bo'lganlar. CHunki o'zlari ham futbolchilik paytida himoyada o'ynaganlar. Dadamga xudo xohlasa o'g'lim hujumchi bo'ladi desam, yo'q bizning oiladan faqat himoyachilar chiqadi dedilar (kuladi).

- Dadangiz qaysi klublarda o'ynaganlar?

- Dadam, Ilhom Zaylobiddinov O'zbekistonda "Cementchi", "Qo'qon-1912" va Qirg'izistonda "Oloy", "Metallurg" klublarida faoliyat olib borganlar.

- "Bunyodkor" akademiyasiga o'tish qanday sodir bo'lgan?

- Dastlab men Farg'onadagi BO'SMda tahsil olganman. 2009 yilda Toxir aka Kapadze futbol maktabidagi o'yinlarimni ko'rib dadamga o'g'lingni "Bunyodkor" akademiyasiga ko'rikka olib borsak nima deysan deganlar. Dadam rozi bo'lganlar va shu tariqa ko'rikka kelganman. Akademiyada Aleksandr Mochinov o'z jamoasiga olib qolganlar. "Bunyodkor" akademiyasida Rustam Ashurmatov, Dostonbek Hamdamov, Akrom Komilov, Dilshod Ahmadaliev, Sardorbek Azimov va hozir "Bunyodkor" safida o'ynaydigan ko'pchilik bilan birga katta bo'lganmiz.



- "Bunyodkor"da o'ynagan Eldor SHomurodov, Dostonbek Hamdamov, Rustam Ashurmatov kabi yosh futbolchilar xorij klublarida o'ynashdi va o'ynashmoqda. Islom Qobilov qachon legionerga aylanshi mumkin deb o'ylaysiz?

- Bu futbolchilar ham "Bunyodkor", ham terma jamoamiz safidagi o'yinlari oraqali xorij klublari etiboriga tushishgan. Men ham "Bunyodkor"da barqaror o'yin namoyish etishim kerak. Undan tashqari kelgusi yil yanvar oyida Tailandda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Bu musobaqa nafaqat men uchun balki ko'pchilik futbolchilar uchun bozor bo'ladi desak yanglishmaymiz. CHempionatdagi bosh maqsadimiz Olimpiada yo'llanmasiga ega chiqish. Tokiodagi musobaqaga yo'llanma olsak o'z-o'zidan xorij klublaridan qiziqish paydo bo'ladi.

- "Bunyodkor" siz uchun...

- "Bunyodkor" meni tarbiyalagan, shu darajaga etishimga sababchi bo'lgan maskan. Qisqa qilib aytganda bu mening ikkinchi uyim.

- O'tgan yilgi "Bunyodkor" va bu yilgi "Bunyodkor"ning farqi nimada?

- Rahbariyat o'zgardi, murabbiy o'zgardi, tajribali o'yinchilar jamoani tark etishdi. Lekin "Bunyodkor" ko'pchilik kutganidek o'z mavqeini yo'qotib qo'ymadi.

- O'z vaqtida "Metallurg"da ijarada o'ynagansiz. Bekobod klubidagi faoliyatni qanday yodga olasiz?

- Juda katta tajriba bo'lgan. CHunki O'zbekiston chempionatidagi debyutim 2016 yilda aynan "Metallurg" tarkibida bo'lgan.

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasida sardorsiz. Sardorlik masuliyati qanchalik og'ir?

- Albatta sardorlik har bir futbolchiga katta masuliyat va bosim yuklaydi. O'zbekistondek mamlakat terma jamoasining sardori bo'lish sharaf. Bosimni engib o'tishda murabbiylar va sheriklarim yaqindan yordam berishmoqda.



- 2018 yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etib chempion bo'lgansiz. Yana shuni takrorlash uchun nima sodir bo'lishi kerak?

- Yana bir marta chempion bo'lishimiz uchun jamoa bir oiladek bo'lishi, xuddi o'sha paytdagidek ishtiyoq va Andrey Sidorov bo'lishi kerak (kuladi).

- Sizni futboldagilar "Kolodin" deb chaqirishadi. Bu laqab qachon qanday paydo bo'lgan?

- "Bunyodkor" akademiyasida yoshlikda Islom Rashidxonov bilan bitta xonada yashardik. Jamoadoshlarim bilan gaplashib o'tirganimizda gapdan-gap chiqib Islom men uchun bugundan boshlab Kolodinsan degan. SHundan keyin hamma o'rtoqlarim "Kolodin" deb chaqira boshlashgan.

- Kolodin kim ekanligini bilasizmi?

- Albatta bilaman. Rossiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Denis Kolodin. Evro-2008da ko'pchilikning etiboriga tushgan. Uning zarbalari juda kuchli edi.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика