So’nggi yangiliklar

02:30Испания кубоги. "Барселона" ярим финалда "Атлетико"ни доғда қолдирди. Финалда "Эл класико" кўрамиз!  51 02:00Италия кубоги. "Милан" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида муроса кўчасини танлашди  5 01:55АПЛ. Мерсисайд дербисида "Ливерпуль" ғалаба қозонди   2 01:35АПЛ. "Ман Сити" "Лестер"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  122 00:45"Арсенал" Нико Уильямснинг агенти билан музокараларни бошлади  0 00:15"Пахтакор" бор аламини "Машъал"дан олди  12 23:52Асрор Алиқулов: "Бугун аввалги ўйиндан фарқли тарзда руҳий томонлама ютқаздик"  3 23:32Педро Морейра: "Бу натижа биз учун кейинги ўйинларга яхши кайфият бағишлайди. Холматов ва Бўриевни бир муддатга йўқотдик"  3 22:25Гвардиола кейинги мавсумдан А Серия клубини бошқариши мумкин  4 21:59Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан шартномасини узайтиришга яқин  2 21:27Суперлига. "Пахтакор" "Машъал"га "шапалоқ" тушириб, мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  78 20:32Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи Осиё кубоги олдидан ОФК расмий сайтига интервью берди  6 19:00Ўзбекистон Кубоги. Бугунги баҳслар ғолиблари пенальтилар серияси орқали аниқланди  4 17:51Ла Лига "Барса"нинг Ольмо ва Викторни рўйхатга олиш учун асоси йўқлигини эълон қилди  46 17:22DAZN Франция Лига 1 чемпионати ўйинларини кўрсатиш бўйича шартномани бекор қилмоқчи  0

Intervyu. Elman Tagaev - "Navbahor" va "Andijon"dagi faoliyati, Kanchelskis va vodiylik muxlislar haqida Yangiliklar

Intervyu. Elman Tagaev - "Navbahor" va "Andijon"dagi faoliyati, Kanchelskis va vodiylik muxlislar haqida

O'zbekiston terma jamoasi bir necha kun oldin JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Turkmaniston bilan kuch sinashdi.

Raqib safida o'zbek klublarida to'p tepgan Arslanmirad Amanov, Elman Tagaev kabi tajribali futbolchilar bor edi. Amanov bilan o'tgan yili CAFA musobaqasi doirasida suhbatlashgan edik. Endi esa "Andijon" va "Navbahor" jamoalarida faoliyat olib borgan Elman Tagaevni intervyuga taklif qildik. 

— Katta futboldan oldin futzalda shug'ullanganman. Ancha vaqt mini futbolda omadimni sinab ko'rganman. futzal ligasida jamoalar ko'p bo'lardi, hattoki Turkmaniston futzal terma jamoasida ham o'ynash nasib qilgan. Mendan futzal yoki katta futbol tanlashni so'rashdi. Yakunda katta futbolga yo'l oldim. Ikkita frontda to'p tepishning iloji yo'q edi. Futbol men shug'ullanadigan yoqimli mashg'ulot hisoblanardi. Bu yo'l boshida pul haqida o'ylamaganman. Maqsadim o'zimni ko'rsatish va katta futbolda o'rnimni topish. Hozir esa professional kasbim, shu orqali oilamni boqaman. U ko'p topmoqda, men kam pul olyapman degan fikr menda tug'ilmaydi. Har kimning o'z yo'li, nasibasi bor.  

— Turkmaniston futboliga kelsak, iqtidorlarimiz bor. Yoshlar etishib chiqmoqda. Nima deyishim mumkin, bizda agentlar kam. O'ylaymanki, turkmanistonlik futbolchilar kuchli jamoalarda o'zlarini ko'rsatishga qodir. Arslanmirad Amanov uzoq yillar bu erda o'ynadi. O'zbekiston chempionatida yana Gevorkyan, Gochkuliev, Amanov kabi futbolchilar paydo bo'lishiga ishonaman. Artur Gevorkyan bu - afsona. Suniy maydonlarga to'xtalsam, biz bu sharoitga o'rganganmiz. Albatta, buni o'z qiyinchiligi bor. Aytganimdek, turkmanistonlik futbolchilar suniy maydonga moslashib bo'lgan. SHu bois nolishga hojat yo'q. 

— 2016 yil ikkinchi davrada "Andijon"ga keldim. Juda yaxshi xotiralar qolgan. Oldimizda jamoani Superligada olib qolish vazifasi qo'yilgandi. Esimda, birinchi uchrashuvim "Paxtakor"ga qarshi kechgan. O'shanda 1:0 hisobida g'alaba qozongandik. G'alabadan keyin muxlislar, futbolchilarning hissiyotlarini ifodalab bo'lmasdi. Hamma xursand. Andijonda oddiy odam sifatida ko'chada yursangiz ham tanib qolib hurmat qilishadi, mehmonga chorlashardi. Umuman Andijon haqida faqat ijobiy xotiralar qolgan, yomon narsa ko'rmaganman. To'g'ri, ligada qolishni uddasidan chiqmaganmiz. Bu - futbol. Jamoada barcha bilan do'st edim. Alibobo Rahmatullaev, Javlon Guseynov, Anvar Berdiev va boshqalar. Ro'zimboy Ahmedov bilan hamon gaplashib turaman. Albatta, hozir ham Turkmanistonda O'zbekiston chempionatini kuzatib boramiz. "Andijon"ning bu yilgi o'yinlari, natijalarini oldinga katta siljish deb bilaman. O'ylaymanki, ular shu ruhda davom etadi. Vodiyda futbolni sevishadi. "Navbahor", "Neftchi", "Andijon" bu yil chempionlikka harakat qilmoqda. Bu quvonarli holat. Ularning ishtirokidagi har bir uchrashuvni alohida tomosha qilaman. "Nasaf"ni ham etibordan chetda qoldirmayman. Markaziy o'yinlarni o'tkazib yubormayman. O'zbek futboli ancha ilgarilab ketdi deya olaman. CHempionatga VAR tizimi kirib keldi. Bu hali ko'p ligalarda qo'llanilmagan. MDH mamlakatlari orasida hech bir chempionatdan qolishmaydi. Bir-biri bilan taqqoslamagan bo'lardim, chunki futbol hamma joyda ozmi-ko'pmi rivojlanmoqda. 

— "Navbahor" alohida tarix. Qisqa vaqt to'p tepgan bo'lsamda muxlislar mehrini qozona oldim deb o'ylayman. Ulardan hamon xatlar olaman. Ha, qaysidir uchrashuvlarda zaxirada qoldim. Bundan xafa bo'lmaganman. Andrey Kanchelskis barchasini bosiqlik bilan tushuntirardi. Kerakli vaqtda chiqardim va yordam berishga harakat qilardim. SHunday vaziyat bo'ldiki, oilaviy sharoit tufayli klubdan ketishimga to'g'ri keldi. Andrey Antanasovichga holatimni aytdim. O'zaro hurmat asosida xayrlashdik. "Navbahor" libosida maydonga tushganimda o'zimni xuddi Evropada o'ynagandek his qilardim. Stadionda joylar qolmagan vaqtda odamlar zinalarda turib ham qo'llab-quvvatlaydi. SHunchaki so'z bilan tariflash qiyin. Masalan, men Ozarbayjonda o'ynaganman. Ammo bunday sodiq muxlislikni ko'rmaganman. Yutasizmi yoki yutqazasiz muxlislar daldasini his qilasiz. 

— Andrey Kanchelskis alohida shaxs. Mashg'ulotlari oson o'tganini eslolmayman. Ko'proq kuchga va jismoniy tayyorgarlikka urg'u beradi. SHunday paytlar bo'lardiki, mashg'ulotdan keyin yurgani kuchimiz qolmasdi. Jismoniy yuklamalar ko'p berilardi. Bunga ko'nikkanmiz. Faqatgina uning yordamchisi Aleksandr Belenkov bilan kichik tushunmovchilik bo'lgan. Bunga oddiy holat sifatida qaraganman. Jamoadagilardan O'tkir Yusupov bilan bir xonada turganmiz. U mening do'stim. Turkmanistonga kelganida yoki men Toshkentga kelganimda ko'rishamiz, do'stona munosabatlar saqlanib qolingan. O'tkir o'shanda "Navbahor"da qolishimni so'ragandi. Ammo futbolchining taqdiri shunday ekan. Namanganda qancha vaqt harakat qilgan bo'lsam ham o'zimni yaxshi tomonimni ko'rsatishga intilganman. Muxlislar norozi bo'lishdimi, demak xato qildim va o'z ustimda ishlashim kerakligini bilardim. Agar 5-10 yil oldin yana tanlash imkoni berilsa, "Navbahor"ga o'tardim. Bu bilan "Andijon"ni kuchsiz degan fikrdan yiroqman. Ikki jamoa muxlislarini hurmat qilaman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика