So’nggi yangiliklar

11:20Ички ҳиссиёт. "Насаф" бугун Қаршида очко йўқотади(ми?)  7 11:12Роналду "Спортинг"га ўтишга яқин. Португалиялик ЖЧ-2026га қадар ватанига қайтмоқчи  3 10:46"Арсенал" асосий футболчиси билан музокараларни бошлади  3 10:16«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  11 09:45Испания терма жамоаси футболчиси "Арсенал" билан келишувга эришди  9 09:17Пол Робинсон: "МЮ ва "Тоттенхэм" ЕЧЛга тайёр эмас"  11 08:50Салоҳ — журналистлар талқинига кўра АПЛда мавсумнинг энг яхши футболчиси  11 08:22"Байер"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  1 07:54"Барселона" учта ўртоқлик учрашуви учун 15 миллион олади  3 07:25Суперлига. Бугун 9-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  7 01:47А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди  6 01:20"Бавария" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  2 00:40Суперлига. Абрамов бошчилигидаги "Динамо" кичик ҳисобда ғалаба қозонди, "Андижон" эса дербида "Нефтчи"га мағлуб бўлди  1 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  13

Intervyu. Davron Hoshimov: "OCHLda o'ynaydigan kuchli klublardan takliflar bo'lsagina ko'rib chiqishim mumkin" Yangiliklar

Intervyu. Davron Hoshimov: "OCHLda o'ynaydigan kuchli klublardan takliflar bo'lsagina ko'rib chiqishim mumkin"

Ketma-ket uch yildan beri O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritib kelgan, Toshkentning "Lokomotiv" klubi bu yil kumush medallari bilan cheklandi.

Mavsum avvalida va davralar oralig'ida tarkibini kuchli futbolchilar bilan kuchaytirishga erishgan bo'lsada, bu birinchi o'rinni egallash uchun etarli bo'lmadi. Murabbiy o'zgarishi ham naf bergani yo'q. Biz bilan suhbatda bo'lgan futbolchi Davron Hoshimov mavsum xaqidagi fikrlari bilan bilan birgalikda, OCHLdagi raqiblarga ham to'xtalib o'tdi.

- Mavsum boshida klubingizni o'zgartirdingiz. Bir qator jamoalar orasidan "Lokomotiv" jamoasi taklifini qabul qildingiz. Xo'sh, klub haqida avval qanday tasavvurga ega edingiz? Bu erga kelgach fikrlaringiz o'zgardimi?

- Jamoada ilgari birga o'ynagan do'stlarim ko'p edi, kirishib ketish oson bo'ldi. "Lokomotiv" to'liq professional klubligini bilardim. Amalda ham bunga yana bir bor amin bo'ldim.

- OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga nima etishmadi? "Lokomotiv"ni guruhdan chiqishga ko'pchilik ishonch bildirgan edi...

- Barqarorlik etishmadi. Optimal tarkib bilan o'ynay olmadik. Jamoani bir nechta asosiy futbolchisi tark etgani o'z tasirini ko'rsatdi.


- OCHLda kuchli tarkib, yulduz futbolchilar barcha narsani hal qilib berishligi mumkinmi? Yoki o'zimizning mahalliy o'yinchilar bilan buning uddasidan chiqsa bo'ladimi?

- Osiyo futboli juda tez rivojlanmoqda. Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni klublari o'yinni asosan legionerlar orqali qurishmoqda. Bizda bunday darajadagi legionerlar uchun katta mablag' yo'q. Biroq, biz doim mahalliy futbolchilar bilan raqobatbardosh jamoa bo'lib kelganmiz.

- "Lokomotiv"da mavsum oralig'ida murabbiy o'zgardi. Tarkibda o'zgarishlar yuz berdi. Bu jamoaga qay tomonlama foyda keltirdi?

- Deyarli hech narsa o'zgargan yo'q. Tarkib o'zagi saqlanib qolindi.

- O'zbekiston chempionatining so'ngi yillardagi holati, halqaro maydondagi o'yinlarimizga tasir qiladimi?

- Bizda ham xalqaro chempionatlarida, OCHLda qatnashish tajribasi etarli. Faqat, ichki chempionatimiz saviyasi na o'smoqda, na orqaga ketmoqda. Bitta joyda turib qolgandek nazarimda. Superligamizni kuchaytira olsak, aminmanki OCHLda jamoalarimiz uzoqroqqa borishadi.

- "Lokomotiv" bilan taqdiringizga oydinlik kiritdingizmi? Boshqa jamoalardan takliflar bormi?

- Hozircha "Lokomotiv" azosiman. Takliflar bor. Tatildan keyin barchasini hal qilamiz.


- Sizda etarlicha potencial va tezlik bor. Doim maydonda bor kuchingiz bilan harakat qilasiz. Aytingchi, nima uchun o'zingizni xorijda sinab ko'rmaysiz?

- Takliflar etarlicha bo'ladi. Ammo, ko'plari o'zimizni chempionatdan saviyasi past klublar. Men OCHLda o'ynaydigan kuchli klublardan takliflar bo'lsagina ko'rib chiqishim mumkin.

- "Temiryo'lchilar" yangi mavsumni 21 yanvar kuni boshlaydi. Raqib "Istiqlol"jamoasi. Tojikiston klubidan o'tib olsa jamoa "Al Ahli" mehmoni bo'ladi...

- Ularni kuzatib boryapmiz. "Istiqlol" jismoniy taraflama kuchli, "Al Ahli"da jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика