So’nggi yangiliklar

00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  5 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  0 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  6 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  2 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  18 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  16 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  1 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  63 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  12 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  23 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  49 20:03Суперлига. ОКМК навбатдаги камбекни Қўқонда амалга оширди  76 19:42"Барселона" Япония ва Кореяда мавсумолди турне ўтказади  2

Intervyu. Benteke: "Liverpul" katta tarixga ega jamoa" Yangiliklar

Intervyu. Benteke: "Liverpul" katta tarixga ega jamoa"

“Liverpul” yaqinda “Aston Villa”dan hujumchi Kristian Bentekeni sotib olganini elon qildi.

Transfer 32,5 million funtga tushdi. Belgiyalik hujumchi “qizillar”ning joriy transfer bozoridagi birinchi raqamli maqsadi sifatida aytib o'tilgandi. Uzoq vaqt mobaynida mersisaydliklar uning narxini tushirishga harakat qilib ko'rishdi. Oxir-oqibat “Liverpul” uni sotib olish uchun shartnomada belgilangan banddan foydalandi. SHu tariqa 24 yoshli hujumchi faoliyatini kuchliroq klubda davom ettiradigan bo'ldi. U joriy yozda Brendan Rojers jamoasiga Jo Gomes, Nataniel Klayn, Jeyms Milner, Roberto Firmino va Danni Ingsdan keyin qo'shilgan 6-futbolchiga aylandi.

Ko'chib o'tish bilan bog'liq ishlar yakuniga etgach, Benteke “Liverpul” rasmiy saytiga birinchi intervyusini berdi.


- Kristian, Liverpulga xush kelibsiz. Qanday hislarni boshdan o'tkazyapsiz?

- Bu erda bo'lishdan juda baxtliman. Klub egalari, Yen Eyr va menejerlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular o'tishim yuz berishi uchun barcha ishni amalga oshirishdi.

- Bir necha daqiqa avval shartnomaga imzo chekdingiz. Hozir qanday holatdasiz?

- Barcha hislarimni shartnoma tuzib bo'lingan zahoti yuzaga chiqarishim qiyin, lekin juda xursandman.

- Nima uchun “Liverpul”ni o'zingizga to'g'ri keladigan klub deb hisoblaysiz?

- O'ylashimcha, o'zim uchun mos klubga keldim. Menejer bilan suhbatlashganimda ushbu loyihaning bir qismi bo'lishni xohlashimni tushundim.

- Oxirgi yillirda “Aston Villa” tarkibida “Enfild”da ko'p marta darvozani ishg'ol etdingiz. Endi “Liverpul” futbolchilaridan birisiz. Jamoa muxlislari qarshisidan o'ynashdan nimalar kutyapsiz?

- Bu erga “Aston Villa” tarkibida kelganimda ushbu stadionda o'ynashdan g'aroyib hislarni boshdan o'tkazganman. Endi sabrsizlik bilan maydonga jamoa libosida tushishni kutaman va ishqibozlar uchun kurashaman.

- Klub haqida nimalarni bilasiz?

- Klub katta tarixga ega. Ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan, CHempionlar ligasini 5 marta yutgan. UEFA Kubogida zafar quchgan. Uning kuchli klub ekanligini bilaman.

- Siz jamoaga o'tgan 6-futbolchi bo'ldingiz. Yangi jamoangiz hozirgi tarkibini qanday baholaysiz?

- Bu erda yuqori saviyali futbolchilar to'plangan. Klubda katta nomga ega yaxshi futbolchilar etarli. Bu jamoaning bir qismi bo'lishdan baxtiyorman va “Liverpul”ga gollarim bilan yordam berishga intilaman.

- Jamoada belgiyalik futbolchilar bor - Simon Minole va Divok Origi. Liverpuldagi hayot haqida ular bilan suhbatlashdingizmi?

- Hozircha yo'q, lekin tez orada ko'rishamiz. Ularning menga yordam berishiga umid qilaman.

- Angliyaga ko'chib kelganingizdan boshlab premer-liganing eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylandingiz. O'zingizni hujumchi sifatida qanday tariflaysiz?

- O'zim haqimda gapirishim qiyin. Meni odamlar baholashgani to'g'riroq bo'ladi.

- 24 yoshdasiz. Jamoa uchun o'ynab, o'sib, yaxshiroq bo'la olishni his qilyapsizmi?

- Ha, albatta. Eng yaxshi bo'lishni va imkoniyatimdan unumli foydalanishni istayman.

- Klub bilan nimalarga erishishga umid qilyapsiz?

- Bu erga sovrinlarni qo'lga kiritish va jamoaga gollarim bilan yordam berish uchun keldim.

- Futbolchi sifatida sizni nima ruhlantiradi?

- Erishilgan sovrinlar. Faoliyatimda biror narsaga erishishni istayman, keyin bu to'g'risida bolalarimga so'zlab berishim mumkin bo'ladi.

- “Liverpul” muxlislariga nima deysiz?

- Katta oilaning azosi bo'lishdan xursandman. Muxlislarni baxtiyor qilish uchun barcha narsani qilaman. Ular va jamoadosh do'stlarim uchun yurakdan ishlayman.


KRISTIAN BENTEKE HAQIDA 10 FAKT

1. Kristian Benteke Kinshasa shahrida dunyoga kelgan. U erda APLning boshqa yulduzlari - Joze Bosingva, Klod Makelele va Fabris Muamba ham tug'ilgan.

2. “Aston Villa”ga o'tgunga qadar hujumchi “Standard”, “Genk”, “Kortreyk” va “Mexelen” klublarida o'ynagan.

3. Premer-ligada Benteke 6 marta “Liverpul”ga qarshi maydonga tushgan. Hujumchi bilan “Villa” 2 marta g'alaba qozonib, 1 marta durang o'ynagan. Benkete o'sha o'yinlarda 5 marta to'p kiritgan.

4. Bentekening ukasi Jonatan Belgiya chempionati yuqori divizionida “Zulte Varegem” sharafini himoya qiladi.

5. 2014/15 yilgi mavsumda Benteke og'ir jarohatga qaramay, 13 gol urib, to'purarlar ro'yxatida 9-o'rinni egalladi. Jarohat sababli Braziliyadagi jahon chempionatini o'tkazib yuborgandi.

6. U terma jamoada 7 to'p kiritgan. Debyutini 2010 yilning mayida Bolgariyaga qarshi o'yinda o'tkazgan.

7. Benteke “Liverpul”da Simon Minole va Divok Origidan keyin belgiyalik 3-futbolchi bo'ldi.

8. 24 yoshli hujumchi Birmingemdan Mersisaydga ko'chib o'tgan 3-o'yinchiga aylandi. Bungacha “Villa”dan Stiv Makmexon va Styuart Dauning “Liverpul”ga o'tgan. Teskari yo'nalishda esa 13 nafar futbolchi harakatlangan.

9. Benteke bir qator ijtimoiy tarmoqlardan ro'yxatdan o'tgan: Tvitter (@bentekechris20) va Feysbukda (https://www.facebook.com/BentekeOfficial). Endi uning o'quvchilari soni ortishiga shubha yo'q.

10. Kristian Benteke “qizillar” sobiq yarim himoyachisi, jamoada 1992/93 yillarda 6 uchrashuv o'tkazgan Ishtvan Kozma bilan bir kunda tavallud topgan.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика