So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Intervyu. Azizjon G'aniev: "Onam mening o'yinlarimni tomosha qila olmaydilar" Yangiliklar

Intervyu. Azizjon G'aniev: "Onam mening o'yinlarimni tomosha qila olmaydilar"

Yanvar oyida Xitoy mamlakatida bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempioni bo'lib qaytganidan barchaning xabari bor.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi ushbu jamoaning yuqori cho'qqiga chiqishiga Azizjon G'anievning xissasi katta bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Yarim himoyachi musobaqaning barcha o'yinlarida o'ynadi. Uning yarim finalda Janubiy Koreya darvozasiga urgan ajoyib goli Osiyo chempionatining bezagiga aylandi. Ushbu gol yakunda OFK tomonidan musobaqaning eng chiroyli 10ta goli orasiga ham kiritildi. Biz G'aniev bilan anchadan buyon suhbat qurishni rejalashtirib yurgandik. "Nasaf" OCHL-2018 pley-off bosqichida "Al Faysali"ni yirik hisobda mag'lub etgach futbolchi intervyu berdi.

- Osiyo chempioni Azizjon G'aniev futbolga qanday qiziqib qolgan?
- Kichkinaligimd Jizzaxning "So'g'diyona" klubining mashg'ulotlariga judayam qiziqardim va deyarli har kuni uni tomosha qilishga borardim. Unda judayam yosh edim. Mashg'ulotlar tugashi bilan futbolchilarning avtobusiga chiqib olib klub bilan bazasiga borardim. Futbolga judayam qattiq qiziqardim.

- Necha yoshdan futbol o'ynashni boshlagansiz?

- 8 yoshimda ko'chalarda futbol o'ynab yurardim. Ishonaszmi mahallamizda har kuni kechki payt soat to'rtda futbol o'ynardik. Kechqurun soat 9da ham "So'g'diyona" stadioninga futbol o'ynashga borardik. Judayam qiziq bo'lardi. Stadion qorovuliga barcha bollar pul yig'ib berardik, buning evaziga stadion projektorlarini yoqib berardi. Biz maza qilib to'p tepardik.

- SHu o'rinda futboldagi murabbiylaringiz haqida to'xtalib o'tsangiz...
- Birinchi murabbiyim Ulug'bek Almatov bo'lganlar. Bundan tashqari Usmon Muhammedshin, Bahodir Annamatov, Sergey Kucherenko, Nurali Sultonov, Zafar Xolmurodov, Jasur Abduraimov, Temur Olimxo'jaev, Aleksandr Mochinov, Ravshan Haydarov va Ro'ziqul Berdiev kabi murabbiylar qo'lida o'ynaganman. Ularning barchasiga kattadan-katta rahmat aytmoqchiman. Xudo xohlasa murabbiylarimning yuzlarini hech qachon erga qaratmayman. Ularga munosib shogird ekanligimni isbotlayman.


- Jizzaxdan "Nasaf"ga o'tish qachon va qanday sodir bo'lgan?
- "Nasaf"ga o'tishimga birinchi murabbiyim Ulug'bek Almatov sababchi bo'lganlar. Aynan shu kishi meni "Nasaf"ga olib borganlar. "Ajdarlar" safida meni Bahodir Annamatov o'z jamoasiga qabul qilib har tomonlama tarbiyalaganlar. Bu murabbiyimga yana bir bor katta rahmat aytmoqchiman.

- Nechinchi yildan buyon "Nasaf"dasiz?
- 2014 yildan beri "Nasaf" klubi tizimida o'ynab kelayapman. Dastlab yoshlar jamoasida o'ynadim. Keyin asosiy tarkibga qo'shildim.

- Qaysi futbolchilarga havas qilasiz?
- Xorijdan "Barselona"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Andres Inestaning o'yinlari yoqadi.  O'zbekistondan esa Odil aka Ahmedovning harakatlariga havas qilaman.

- Siz bir necha bor jarima to'plaridan va olis masofalardan gollar urgansiz. Jumladan, Xitoydagi Osiyo chempionatida ham Janubiy Koreya bilan bahsda uzoqdan chiroyli to'p kiritdingiz. Kuchli zarba tug'mami yoki mashg'ulotlar samarasimi?
- Yoshligimdan mashg'ulotlarda zarba berish ustidan ko'p ishlardim, mag'ulotlarda paytida jarima to'plarini ham bajarishni kanda qilmayman. SHu bois mendagi kuchli zarba mashg'ulotlar samarasi desak ham bo'laveradi.

- Ko'pchilik onalar jarohatlardan qo'rqib o'z farzandlarini futbolchi bo'lishini xohlashmaydi. Sizda qanday bo'lgan?
- Ha, onajonim o'yinlarimni ko'rishga qo'rqadilar. Hech bir o'yinimni ko'rmaydilar. Uchrashuv tugaganidan keyin hisobni biladilar xolos. Ungacha duo qilib o'tiradilar.


- SHu kungacha borgan shaharlar orasida eng yoqqani qaysi?
- Ko'p davlatlar va shaharlarga borganman. Baribir o'zimizga etmaydi. CHet el shaharlari orasida Singapur va Dubay menga ko'proq manzur bo'lgan. Osiyo chempioni bo'lganimiz uchun Xitoy davlati ham yodimdan chiqmaydi endi.

- Futbolchilar, umuman yigitlar ovqat qilishga no'noq bo'lishadi. Azizjon G'aniev qaysi taomni yaxshi tayyorlay oladi?
- SHashlikni. Har safar o'z uyimga borganimda oilamdagilarga shashlik qilib beraman.

- Xitoydagi Osiyo chempionatidan qanday taassurotlar bilan qaytdingiz?

- Taassurotlar judayam ajoyib. Kuchli raqiblar, ajoyib o'yinlar, super gollar, xursandchilik onlari va chempionlik! Biz bir oila bo'lganizdan judayam xursandman. O'sha musobaqada birga o'ynagan jamoadoshlarim, murabbiylarim va delegaciya azolarini sog'inishni boshladim. Toshkentga qaytib kelganimizdan so'ng xalqimiz bizni bunchalik tarzda kutib olishini umuman tasavvur ham qilmagan edik. Samolyotdagi charchoqlarimiz bir zumda chiqib ketdi. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev biz futbolchilarga shunchalik etibor berib har birimizga Malibu sovg'a qildilar. Barcha futbolchilar va murabbiylar O'zbekiston fuqarosi ekanligidan faxrlanishdi. Sovg'a qilingan mashinani dadamga taqdim qilmoqchiman.

- Ilk turda Qatar bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng kiyinish xonasida muhit qanday edi?
- O'sha o'yindan keyin kayfiyatimiz tushib ketdi va bollar bilan yig'ilib, bir bo'lib gaplashib oldik. Kayfiyatni ko'tarib ishlashda davom etdik hamda ketma-ket g'alabalarga erishdik.

- Tanqidlarni qanday qabul qilasiz?
- Tanqidlarni doimo to'g'ri qabul qilaman. Tanqid kelajak mevasi deyishadiku.

- Ravshan Haydarov qanday murabbiy?
- Ravshan Haydarov samimiy, tajribali va etiborli murabbiy. Hayotda ham bollar bilan xuddi aka-ukadek munosabatda bo'ladilar. Jamoani o'yinlarga juda ham zo'r tayyorlaydilar. Futbolda g'alaba jamoaniki, mag'lubiyat esa murabbiyniki degan gap bor. Lekin bu safargi g'alaba murabbiyniki ham.


- Ushbu terma jamoadagi eng quvnoq futbolchi kim edi?

- To'g'risi jamoamizda hamma juda ham quvnoq, hazilkash edi. Xitoydagi chempionat vaqtida darvozabon Rahimjon Davronov bilan hazillar juda ko'p bo'ldi (kuladi).

- Vetnam bilan bo'lgan final o'yinini yodga oling.
- Final uchrashuvi havo harorati juda ham sovuq edi. Qor tinmay yog'ayotgandi. Qorli maydonda o'ynash qiyinroq bo'ldi albatta. Ikkinchi taymdan oldin stadion xodimlari qorni tozalab tashlashdi. Keyin o'yinimiz ancha osonlashdi.

- Azizjon G'aniyevning futboldagi va hayotdagi orzusi nima?
- Futboldagi orzuim Evropa jamolarida o'ynash va muxlislarni yanada xursand qilish. Hayotdagi orzuim esa har doim ota-onamni duolarini olib ularning xizmatlarida bo'lish.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +131   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика