A Seriya. "Torino" "San Siro"da 2 to'p farqini yo'qqa chiqardi + FOTO
27 avg 2018 01:34
Yangiliklar
A Seriya. "Torino" "San Siro"da 2 to'p farqini yo'qqa chiqardi + FOTO
Uchrashuvdagi hisobdan shu sahifada xabardor bo'lib bordingiz. Uchrashuvda avvaliga "Inter" 2:0 hisobida oldinga o'tib olgan edi. Ammo, turinliklar iroda namoyish etishdi va "San Siro"dan 1 ochko bilan qaytishdi.
Inter Ivan Perisic - 6', Stefan de Vrij - 32' Serie A . 2-tur 26/08/2018, 23:30
Torino Andrea Belotti - 56', Soualiho Meite - 68' Stadion: Giuseppe Meazza, 59135 tomoshabin Bosh hakam: Paolo Silvio Mazzoleni
68 - Goool, Soualio Meyte hisobni tenglashtirdi. Maydonda nimalar ro'y bermoqda? Qoyil, "Torino".
55 - Gooool, Andrea Belotti Yago Falkening shedevr pasidan so'ng hisobni qisqartirdi. Bu vaziyatda Xandanovich to'pga chiqishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.
32 - Goool, Matteo Politanoning jarimadan etkazib bergan to'pini Stefan de Vrey boshi bilan Sirigu darvozasiga kiritib yubordi.
7 - Goool, Mauro Ikardi va Ivan Perishich tandemi yana o'z xunarlarini ko'rsatishni boshlab yuborishdi. Mauroning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Ivan to'xtatmasdan turinliklar darvozasiga joylab qo'ydi.
A Seriya
26.08.2018, 2-tur
"San Siro", Milan
"Inter" - "Torino" 2:2
Bosh hakam: Paolo Silvio Maccoleni
Gollar: I.Perishich 7, S.de Vrey 32 - A.Belotti 55, S.Meyte 68
"Inter": Samir Xandanovich, SHime Vrsalko (Balde Keyta, 72), Milan SHkriniar, Stefan de Vrey, Danilo D'Ambrozio, Matias Vesino, Marselo Brozovich, Kvadvo Asamoa (Dalbert, 66), Matteo Politano (Lautaro Martinez, 90+2), Ivan Perishich, Mauro Ikardi.
"Torino": Salvatore Sirigu, Armando Izzo, Nikolya Nkulu, Emiliano Moretti, Lorenco De Silvestri, Roberto Soriano (Adam Lyaich, 61), Tomas Rinkon, Soualio Meyte, Kristian Ansaldi (Ola Aina, 22), Yago Falke (Sasa Lukich, 88), Andrea Belotti.
Ogohlantirishlar: S.de Vrey 44 - S.Meyta 33, E.Moretti 37
Fikrlar