"Inter" MYU yarim himoyachisi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda
05 jan 2018 12:06
Yangiliklar
"Inter" MYU yarim himoyachisi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata "Inter" qiziqishlari doirasida.
Ispaniyalik futbolchining shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi, biroq shartnomada kelishuvni yana bir yilga uzaytirish mumkin bo'lgan band mavjud. SHunga qaramasdan, Mata ayni damda o'zi istagan klub bilan muzokara o'tkazishi mumkin.
"Inter"dagilar futbolchining holatidan xabardor va uning qarorini kutishmoqda. MYU rahbariyati shartnomani uzaytirish bandini faollashtirish uchun maygacha javob berishi lozim.
Oldinroq, "Manchester Yunayted" Genrix Mxitaryanni "Inter" xavbeki Joau Mariuga almashtirishi mumkinligi elon qilingan edi.
Fikrlar