So’nggi yangiliklar

21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  1 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7

InStat. "Tottenxem" himoyadagi yutilgan kurashlar ko'rsatkichi bo'yicha eng yomon natijani qayd etdi Yangiliklar

InStat. "Tottenxem" himoyadagi yutilgan kurashlar ko'rsatkichi bo'yicha eng yomon natijani qayd etdi

Teglar :  YuventusTottenxem
"Tottenxem" "Yuventus"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida himoyada yutilgan kurashlar foizi bo'yicha mavsumdagi eng yomon ko'rsatkichni (48%) qayd etdi.

Joriy mavsum CHLda londonliklar himoyadagi kurashlarning 57%da g'olib bo'ldi va bu ko'rsatkich bo'yicha eng yaxshi jamoalardan biri edi.

"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini "Tottenxem" bilan o'yinda kurashlarda zafar quchish (18) va to'plarni ilib ketish (11) soni bo'yicha eng yaxshi bo'ldi. "Tottenxem"ning to'rt himoyachisi havodagi kurashlarda 10 marta ustun kelgan bo'lsa, Kellini bir o'zi shunday ko'rsatkich qayd etdi. Bu mavsum italiyalik himoyachi barcha turnirlarda o'rtacha 90 daqiqa ichida 10,3ta kurashda g'olib chiqdi.

"Manchester Siti" futbolchilari "Bazel" darvozasiga javob o'yinida bor-yo'g'i 7ta zarba berishdi. Bu Gvardiola jamoasining joriy mavsum barcha turnirlardagi eng yomon natijasi. "Manchester Siti" Angliya chempionatida o'rtacha har bir o'yinda 17ta zarba beradi va bu ko'rsatkich bo'yicha etakchi.

"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko "Bazel"ga qarshi o'yinda 12 marta to'pni yo'qotdi (3tasi o'z yarim maydonida). Bungacha joriy mavsum Zinchenko bir uchrashuvda ko'pida 5 marta to'pni raqibga berib qo'yar edi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика