Insinening agenti forvardning MLSga ehtimoliy yo'l olishi haqida gapirdi
16 dek 2021 15:47
Yangiliklar
Insinening agenti forvardning MLSga ehtimoliy yo'l olishi haqida gapirdi
"Napoli" hujumchisi Lorenco Insinening agenti Vinchenco Pizakane forvardning MLS jamoasi bo'lmish "Toronto"ga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi.
"Lorenco "Napoli"ni sevadi, ammo biz shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishishdan yiroqmiz. "Toronto"ning taklifi? Del Pero kabi MLSdagi o'yinlar tajribasi - to'liq amalga oshishi mumkin bo'lgan variant. 2 yanvardan keyin nima bo'lishini ko'ramiz", - deydi Pizakane.
Insine 2021/22 yilgi mavsum "Napoli" tarkibida 18ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.
30 yoshli italiyalikning amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar