So’nggi yangiliklar

00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  14

Inqiroz davrini boshdan o'tkazayotgan milanliklar Yangiliklar

Inqiroz davrini boshdan o'tkazayotgan milanliklar

"Milan" va "Inter" mamlakat kubogi doirasida durangga rozi bo'lishdi.

A Seriyada oxirgi vaqtlarda Milan jamoalari ishonchli o'yin ko'rsata olmayapti. Bundan "Napoli" unumli foydalandi. "Milan" ikki bor durang, "Inter"da — mag'lubiyat va ikki durang, qo'shimchasiga ECHLda "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat.

SHunday ekan Kubok yarim finali doirasidagi birinchi bahs ham derbi bo'lgani uchun, ham cho'zilib ketgan inqirozni engish uchun qulay fursatdek edi.

Aytgancha, "Inter"ning omadsiz seriyasi bir oy avval aynan derbidan boshlangandi. O'shanda "qora-ko'klar" 75-daqiqada ham hisobda oldinda borayotgan, ammo keyin Olive Jiru ikki zarbasi bilan barchasini o'zgartirib yuborgandi. Aniqrog'i, tanaffusda jamoa taktikasiga o'zgartirishlar kiritgan Stefano Pioli asosiy "aybdor" desak to'g'riroq bo'ladi. "Milan" o'sha kuni bir-biriga umuman o'xshamaydigan ikki taymni o'tkazgandi va kuni-kecha jamoa o'sha bellashuvni davom ettirgandek tasavvur uyg'ondi.

Nominal mezbonlar ustunlikka ega bo'ldi va ularning o'yiniga Alessio Romanolining o'yin avvalida jarohat olishi hamda uning o'rnini Per Kalulu tushirilishi ham tasir qilmadi. Biroq Samir Xandanovich darvozasi oldida vaziyatlar "yomg'irini" ko'rdik deb ham bo'lmaydi. Eng xavfli vaziyatni sloveniyalik posbonning o'zi "o'ylab topdi". Kuchli bosim ostida jarima maydonchasi chizig'i ustida turgan himoyachiga uzatma — ochiqchasiga tavakkal va kiperning o'zi Aleksis Salemakersning zarbasini bartaraf qilishiga to'g'ri keldi.

Yana ikki vaziyatda Rade Krunich va Teo Ernandesga aniqlik etishmadi. Ayniqsa, franciyalik himoyachiga gol ura olmagani alam qilgan bo'lsa ajab emas. Teo maydon markazida to'pni qabul qilib, odatiy uslubida qanotdan oldinga o'tib bordi va sherigi bilan "devor" uslubida o'ynab, qulay nuqtaga chiqib borgandi. Biroq Ernandes o'ng oyog'idan chapidek foydalana olmasligi pand berdi. Takidlash lozim, agar to'p darvoza to'riga qarab uchganida ham Xandanovich gol bo'lishiga imkon qoldirmasligi kerak edi.

Simone Indzagi "murabbiylar jangi"ning tanaffusgacha bo'lgan qismini yana yutqazayotgandi, ikkinchi bo'limni esa "Inter" raqibiga nisbatan kamida qiziqroq o'tkazdi. Edin Jeko vaziyatlarni keskinlashtirishga urinardi. Vaziyatlardan birida u Denzel Dyumfrisning qanotdan uzatgan to'pini darvozaga burib yuborishiga sal qoldi. Lautaro Martines esa shunchalik ishtiyoq bilan to'pga intildiki, Mayk Menyanning qo'lini bosib oldi. "Rossoneri" baxtiga darvozabon jarohat olmadi. Umuman olganda esa kiperni ortiqcha bezovta qilishmadi.

Braim Dias, Junior Messias va Ante Rebich faolligi evaziga maydondagi holat tenglashdi, "Inter" esa majburan himoya haqida ko'proq o'ylay boshladi. Qiziq bir jihat, o'yin davomida shunday palla bo'ldiki, har ikki jamoa ham gol urgisi kelmayotgandek harakat qilardi. Safarda urilgan gol bergan ustunlik bilan o'yin biroz qiziqroq bo'lsa kerak edi. Bu vaziyatda esa raqiblar xuddi shaxmatchilardek durangga rozi bo'lishdi. Qatorasiga to'rtinchi bor hamshaharlar turli musobaqa yarim finallarida to'qnash kelishganda murosa ko'chasini tanlashdi.

Nima bo'lganda ham barchasi 20 aprel kuni bo'lib o'tadigan javob uchrashuvida hal bo'ladi. Har ikki klub na natijadan, na o'yin kartinasidan qoniqish hosil qildi. Bu borada ayniqsa "Inter" tarafdorlari tashvishda. Jamoa 8 fevraldan buyon g'alaba nimaligini bilmaydi. Raqobatchilarning bu holatida Luchano Spalletti va uning "Napoli"sida skudetto uchun imkoniyatlar ancha oshadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика