Inesta Xavi “Barselona” ustozi bo'lganiga o'z munosabatini bildirdi
09 noy 2021 08:35
Yangiliklar
Inesta Xavi “Barselona” ustozi bo'lganiga o'z munosabatini bildirdi
Kataloniyaliklar sobiq azosi Andres Inesta Xavining “Barselona”ga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida gapirdi.
41 yoshli mutaxassis bilan kelishuv 2024 yilga qadar tuzilgan.
“Xavi “Barselona” uchun juda mos keladi. U allaqachon o'zini murabbiy sifatida ko'rsatgan va ishonchim komilki, u bunday jiddiy sinovga tayyor. Xaviga chin dildan omad tilayman. Umid qilamanki, u “Barselona”dagi vazifasini bajara oladi. Unga “Barsa” boshqaruvida ulkan muvaffaqiyatlarni tilab qolaman”, deydi Xavining sobiq jamoadoshi.
Fikrlar