Inesta tushkunlikka tushib qolgan davrini esladi
28 okt 2022 13:56
Yangiliklar
Inesta tushkunlikka tushib qolgan davrini esladi
Maydondagi ajoyib ijodkor, "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Andres Inestaning kundalik hayotida ham muammolar bor edi.
Xususan, Inesta ruhiy tushkunlik bilan qanday kurashgani haqida gapirib berdi.
"Tushkunlikka tushganimda, qila olgan eng yaxshi xislatim dorilarni ichish va uxlash edi. Men yashash istagini yo'qotgandim. Xotinimni quchoqlardim, lekin hech narsani his qilmasdim. Oradan o'n yil o'tdi, lekin yana bu holatga tushib qolmaslik uchun men hali ham mutaxassislarning yordamiga muhtojman. Men depressiya va ruhiy kasallik har qanday odamda sodir bo'lishi mumkinligini angladim", – dedi futbolchi.
Malumot uchun, "Barselona" sobiq futbolchisi 2009 yilda, do'sti, "Espanol" sobiq o'yinchisi Daniel Xarke vafot etganida depressiya holatiga tushib qolgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar