Inesta: "Barselona" katta xatoga yo'l qo'yadi"
18 may 2018 10:09
Yangiliklar
Inesta: "Barselona" katta xatoga yo'l qo'yadi"
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inestaning fikricha, Kataloniya klubi xavbek Serxio Buskets bilan shartnomani uzaytirishi kerak.
"Barselona" Busketsning ketishiga rozilik bildirsa, katta xatoga yo'l qo'yadi. Ammo bu sodir bo'ladi deb o'ylamayman, chunki u jamoamiz uchun juda muhim va yana bir necha yil yuqori saviyada to'p tepa oladi" - deydi Inesta.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Buskets "Barselona" rahbariyatidan shartnomasi yaxshilangan shartnoma talab qilgan edi. Klub futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas, ammo uning maoshini ko'tarishni ko'rib chiqishni istamayapti. Buskets va Kataloniya klubi o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar