Inesta: "Barselona" futbolchilari Luis Enrikega bo'lgan ishonchni yo'qotishmadi"
20 fev 2017 10:20
Yangiliklar
Inesta: "Barselona" futbolchilari Luis Enrikega bo'lgan ishonchni yo'qotishmadi"
"Barselona" yarim himoyachilari Andres Inestaning so'zlariga ko'ra, u va uning jamoadoshlari bosh murabbiyi Luis Enrikega ishonishda davom etishmoqda.
"Kamp Nou"da o'tgan "Leganes"ga qarshi LaLiganing 23-tur bahsida "Barselona" qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi (2:1). O'tgan haftada Kataloniya klubi CHempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvida PSJga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
"Biz o'zimiz va bosh murabbiyga bo'lgan ishonchni yo'qotganimiz yo'q. Bu biz uchun imtixon. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Biz hammasini to'g'ri qilishimizga ishonishimiz lozim.
Doimo ortga qarash kerak emas. Oldinga harakatlanish lozim. Bu jamoaga shubha qilmayman" - deydi Inesta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar