So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  1 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Ilyos Zeytullaev: "Toza o'yin vaqti bir taymdan biroz ko'proq bo'ldi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Toza o'yin vaqti bir taymdan biroz ko'proq bo'ldi"

Superliga 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng (0:0) "qaldirg'och"lar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yigitlardan minnatdorman. Biz ketma-ket ikkinchi uchrashuvda bir kishi kam bo'lib o'ynayapmiz. Bugun g'alaba qozonishni istagandik. Jamoam bugun yaxshi o'ynadi. Menimcha, toza o'yin vaqti bir taymdan biroz ko'proq bo'ldi, xolos. Raqib o'yin tempini tushira oldi. Bizga Turkiyadagi yig'inlarda vaqtni cho'zgan jamoalarga qarshi qo'shimcha choralar ko'rilishi haqida aytishgandi. Bu to'g'ri fikr deb o'ylayman. Umuman olganda, jamoam namoyish etgan o'yindan ko'nglim to'ldi" - deya fikr bildirdi Ilyos Zeytullaev.


- Chuqur himoyaga yotib oladigan jamoalarga qarshi o'yinlarda "Bunyodkor" qiynalmoqda. Shunday uchrashuvlarda jamoangizga nima etishmayapti? Masalan, ikkinchi bo'limda Temurxo'ja Abduxoliqov, Sardor Abdunabievlarni ham maydonga tashladingiz, ammo gol urilmadi...

- Har bir jamoa bunday raqiblarga qarshi o'ynashda qiynaladi. Biz birinchi bo'limda gol urib olganimizda o'yin umuman o'zgacha tus olgan bo'lardi. Shunday o'yinlardan yangi narsalarni o'rganishimiz va xulosa chiqarishimiz kerak. Futbolchilar bugun yaxshi harakat qilishdi, biz bugun mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Hech qaysi bir o'yinda g'alaba kafolatlanmagan. "Qizilqum" butun o'yin davomida bor-yo'g'i bitta vaziyatga ega bo'ldi.



- Urata ketma-ket o'yinlarni o'tkazib yuboryapti. Yaponiyalik legionerning o'rni qanchalik bilinmoqda?

- Uning o'rni bilinayotgani shubhasiz, biroq akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Narimon Ahmadjonov juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Narimon ketma-ket ikkinchi o'yindan buyon asosiy tarkibdan joy olmoqda. Taqdir har birimizga imkoniyatlar taqdim etadi. Narimon shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib kelmoqda. Aziz To'lqinbekov ham o'zini yaxshi namoyish etmoqda.

- Temurxo'ja Abduxoliqov chetlatilgan vaziyat haqida to'xtalib o'tsangiz. Abduxoliqov bosh hakamga gapirgan gaplari uchun chetlatildimi? O'sha vaziyatda nima ro'y berganiga oydinlik kiritdingizmi?

- Futbolda bunday holatlar uchrab turadi. U bilan gaplashib ko'raman. U juda tajribali futbolchi va jamoa sardori. O'sha vaziyatda nima sodir bo'lganini aniqlashtirib olaman. Bugungi chetlatish hakamlarga ortiqcha etiroz bildirish kerak emasligi bo'yicha saboq bo'ladi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика