So’nggi yangiliklar

13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  37 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7

Ilyos Qurbonov: "Nasaf"ga qarshi ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi" Yangiliklar

Ilyos Qurbonov: "Nasaf"ga qarshi ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman, ular bugun maydonda borlarini berishdi. Raqib haqida bilamiz, o'rganib ham chiqqandik. O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri. Qarshi hujumda o'ynashni maqsad qilgandik. Vaziyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Yomon o'yin bo'lmadi deb o'ylayman.

- "Nasaf" bilan o'yin oldidan berilgan ko'rsatmalarni jamoa futbolchilari qanchalik amalga oshira olishdi?

- Aytib o'tganimdek, yigitlar berilgan ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Zich o'ynab, qarshi hujumlardan foydalanishni maqsad qilgandik. Vaziyatlarimiz bo'ldi. O'tgan o'yinda ham shu kabi uslubda o'ynagandik. "Nasaf" bilan o'yinda ochiq futbol o'ynash qiyin edi.

- So'ngi daqiqalarda "Nasaf" katta kuch bilan oldinga chiqqani hisobiga jamoangiz qarshi hujumlarida vaziyatlar bo'ldi. Mana shu vaziyatlardan foydalanishga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Mashg'ulotlarda qarshi hujumlarda ishlagandik. Bunday uslubda birinchi uzatmaning ahamiyati juda yuqori bo'ladi. Bizga mukammal uzatma bera oladigan ijrochi etishmadi. O'zaro tushunmovchilik yuzaga keldi.

- Zabixillo O'rinboev qachon safga qaytadi?

- Zabixillo shu haftaning oxirida so'ngi ko'rikdan o'tadi va umumiy guruh bilan mashg'ulotlarga qaytadi. Ikkinchi davra boshidanoq safimizga qaytishidan umid qilayapmiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика