Ilkay Gyundogan: "Bu erga LaLiga, ECHL va Kubokni yutish uchun keldim"
26 iyu 2023 00:50
Yangiliklar
Ilkay Gyundogan: "Bu erga LaLiga, ECHL va Kubokni yutish uchun keldim"
- Nima sababdan ECHL g'olibi "Barselona"ga o'tdi?
- Eng avvalo, bu "Barselona". Bu klubga "yo'q" deb bo'lmaydi. Bolaligimdan ushbu jamoa tarkibida o'ynashni, ushbu klub logotipini himoya qilishni istaganman. Bu erda bo'lish men uchun katta faxr.
Undan tashqari, jamoaning imkoniyatlarini doimo kuzatib borganman. O'tgan mavsumda murabbiyi orqali jamoa yanada kuchayib bordi. Xavining ishtiyoqi baland va bu erga u ham ko'p narsalarni isbotlash uchun kelgan.
Bu yangi liga, vazifalar oson emas. Mushkulliklar odamni kuchli qiladi. O'zim uchun chaqiruv tashlashga va faoliyatimdagi yangi bosqichda jiddiy kurashishga tayyorman.
- "Barselona"dagi asosiy maqsadingiz nima?
- Bu erga LaLiga, Kubok va ECHLni yutish uchun keldim. "Siti"da ajoyib mavsumni o'tkazdim, ammo men faqatgina g'alabalar qozonishni istayman. SHu orqali futboldan zavq olaman. Ammo asosiysi - g'alabalar, - dedi Gyundogan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar