So’nggi yangiliklar

22:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция)  3 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  3 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

Ilhom Yunusov: “Dinamo”da eng avvalo infratuzilmani yangilash kerak” Yangiliklar

Ilhom Yunusov: “Dinamo”da eng avvalo infratuzilmani yangilash kerak”

Teglar :  Ilhom YunusovDinamo
Samarqandliklar o'z tarixida uchinchi bor oliy ligani tark etdi. Garchi davralar oralig'ida yirik transferlar amalga oshirilgan bo'lsada bu ham baribir naf bermadi.

Natijada “Dinamo” so'nggi turda o'z maydonida qimmatli ochkolarni boy bergan xolda, 16-o'ringa tushib ketdi. Biz esa jamoa sardori Ilhom Yunusov bilan suhbatlashib, inqirozning sabablarini bilishga urindik.

- Davralar oralig'ida huquqiy jamoam bo'lmish “Nasaf” rahbariyati bilan maslahatlashgan xolda “Dinamo” safiga borib qo'shilgandim. O'zim tug'ilib o'sgan Samarqand jamoasiga yordam berish maqsadida mendan tashqari yana bir qator mahalliy va shu bilan birga taniqli o'yinchilar ham tashrif buyurgandi. To'g'risi, o'sha paytda “Dinamo”ni kuchlilar safidan tushib ketishini umuman o'ylamagandik. Aksincha yanada yuqoriga ko'tarilish uchun xarakat qildik. Afsuski yakunda jamoa elitani tark etdi. Bundan juda xafaman.

- “Olmaliq” bilan o'yinda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik. Ochig'i shu kuni omadimiz kelmadi. Ko'plab imkoniyatlardan unumli foydalanmaslik natijasida oxir-oqibat uch ochkodan mahrum bo'ldik. G'alaba biz uchun suv va havodek zarur edi. Butun fikru-zikrimiz so'nggi turda muvaffaqiyat qozonishga qaratilganda. SHunga monand o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rildi. Lekin 40 sekund qolganida hammasi biz uchun salbiy tomonga o'zgarib ketdi.

- Garchi “Dinamo” quyi ligaga tushib ketgan bo'lsada Samarqandga qaytganimdan hech afsuslanmayman. Qo'ldan kelganicha bor kuchimiz bilan xarakat qildik. Ammo ko'plab bahslarda omad etishmasligi pand berdi deb o'ylayman.


- “Neftchi”, “Bunyodkor” kabi jamoalarga qarshi o'tkazgan uchrashuvlarimizda omad ochiqchasiga yuz o'girdi. Natijada qimmatli ochkolarni boy berdik.

- Samarqand futbolining inqirozdan olib chiqib ketish uchun avvalo rahbarlar o'zlari klubga bosh-qosh bo'lishi kerak deb hisoblayman. “Dinamo”ga yozda qaytgan bo'lsam yashirmayman vaziyat ijobiy tomonga o'zgardi. “Dinamo”da eng avvalo infratuzilmani yangilash kerak. SHundagina ashaddiy ishqibozlarimiz kutgan onlar keladi. Bu erda ajoyib muxlislarimiz bor. Afsuski ular uchun endi kelasi yil oliy liga o'yinlari yo'qdek.

- O'zimga kelsak, endi kelgusi taqdirimni oliy liganing boshqa klubi bilan bog'lamoqchiman. To'g'risi, hozir olimda 3-4ta variant turibdi. Kun-ora qo'ng'iroq qilishib, o'z jamoasiga chorlayotganlar bo'lmoqda. Ammo ularning nomlarini sir saqlab turganim maqul. Nasib qilsa yaqin orada hammasiga oydinlik kiritiladi.

- “Nasaf” bilan amaldagi shartnomam 31 dekabr kuni o'z kuchini yo'qotadi. Unga qadar qarshiliklar ihtiyoriga qaytib, dastlabki yig'inda ishtirok etaman.


- Pley-off bahsida jizzaxliklarning imkoniyatini yuqori baholayman. Ularda yaxshigina tajriba bor. Davron aka Fayziev yosh va iqtidorli yigitlar ishtirokida kurashchan jamoa shakllantirgan. To'g'ri, “Oq-tepa”da ham mahoratli futbolchilar bir talay. Ammo oliy liga baribir oliydir. Yana kim biladi deysio' bu futbol. Unda bashoratlar hamisha o'zini oqlayvermaydi. (Kulib) Mana yaqinda “Real” o'z maydonida “Barselona”ga yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Ko'pchilik bunday hisob qayd etilishini kutmagandi.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика