So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  6 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Ilhom SHaripov: Xorazmda muhim g'alabaga erishdik Yangiliklar

Ilhom SHaripov: Xorazmda muhim g'alabaga erishdik

Xorazm - Dinamo (1:2) uchrashuvidan keyin Dinamo bosh menejeri Ilhom SHaripovning o'yin borasidagi fiklari bilan qiziqdik.
- Ilhom aka, irodali g'alaba bilan tabriklaymiz. Xorazmga qarshi uchrashuv haqida fikringiz?

- O'yin juda ham og'ir o'tdi. Uzoq masofali yo'lni bosib o'tganimiz bois, qolaversa, uchrashuv paytida havo ancha issiq bo'lganligi jamoaga tasir o'tkazmay qolmadi. CHarchoq alomatlari sezilsada, yigitlar maydonda borlarini berishdi. O'yinning dastlabki daqiqalaridan yomon harakat qilmagan bo'lsakda, penaltidan o'tkazib yuborilgan gol rejamizni buzdi. SHunga qaramay, so'nggi daqiqalargacha g'alaba maqsadida to'p surdik va yakunda yigitlar iroda ko'rsatishdi. Xorazmda muhim g'alabaga erishdik.

- Dinamo o'yinidan qoniqdingizmi?


- Afsuski, bunday maydonlarda chiroyli o'ynab bo'lmaydi, faqat natija uchun to'p surish mumkin. Har ikki tomon ham bir xil maydonda to'p surganligi bois, nolishga hojat yo'q. O'yinimizdan qoniqmagan bo'lsamda, yigitlardagi samaradorlik va kurashuvchanlikdan qoniqdim. CHunki, bunday maydonlarda o'ylaganlaringni amalga oshirish qiyin.

- Besh tur yakunlariga ko'ra, Xorazmga qarshi o'yin mavsumdagi eng og'ir bahs bo'ldi, deya olasizmi?

- Xorazmda g'alabaga erishdik, endi Nukusda ham shunga harakat qilamiz. Umuman olganda, barcha uchrashuvlarimiz o'ziga xos qiyin o'tmoqda. Birinchi Liga bo'lsada, hech bir bahsda oson bo'lgani yo'q. Biz har o'yinda faqat g'alaba uchun intilayapmiz. O'ylaymanki, turdan-turga jamoamning o'yini yaxshilanib boradi. Jismoniy jihatdan ham yaxshiroq formaga kirib boramiz.

Dinamo Matbuot xizmati.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика