So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  3 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Ilhom SHaripov: “Dinamo”ning keyingi rejalari hozircha aniq emas” Yangiliklar

Ilhom SHaripov: “Dinamo”ning keyingi rejalari hozircha aniq emas”

Xabaringiz bor, Samarqandning “Dinamo” jamoasi o'tgan mavsum Superliganing autsayderiga aylangandi.

Ammo hozirda muxlislar orasida “Dinamo”ni bu yil ham elitada o'ynashi mumkin degan gap-so'zlar yuribdi. SHu va jamoaning tayyorgaligi bo'yicha bilish maqsadida klub menejeri Ilhom SHaripov bilan suhbatlashdik.

- Ilhom aka, bugungi kunda Superliganing deyarli barcha jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Xatto PRO-Liga klublari ham o'z qarorgohida shug'ullanayotganini ko'rmoqdamiz. Aytingchi “Dinamo”ning bu boradagi rejalari qanday?
- Yigitlarni 11 yanvar kuni Samarqandda yig'ishni rejalashtirganmiz. Ochig'ini aytsam, 15 yanvardan so'ng jamoaning keyingi taqdiriga to'liq oydinlik kiritiladi. Unga qadar tayinli gap aytish qiyin.

- Darvoqe, “Dinamo”ni yana Superligada ishtirok etishi mumkinligi to'g'risida gap-so'zlar yo'q emas. Bu borada jamoa menejeri sifatida qanday munosabatdasiz?
- O'zingizga yaxshi malumki, ortda qolgan chempionatda jamoamiz so'nggi o'rinni egalladi. Sport principlariga ko'ra, “Dinamo” Superligani tark etdi. Lekin men ham eshitdim, “Dinamo”ni yana elitada ishtirok etishi mumkin degan mish-mishlarni. Voqealar rivoji qanday kechishini vaqt ko'rsatadi.

- Nega, yuqorida 15 yanvar kuni ko'p narsaga oydinlik kiritiladi deb aytdingiz?
- SHu kuni rahbariyat bilan uchrashamiz va jamoaning kelajagiga aniqlik kiritiladi.

- Garchi “Dinamo” Superligani tark etgan bo'lsada, tarkibdagi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishni istayotgani klublar soni ko'p ekanligini eshitmoqdamiz.
- Bu quvonarli albatta. Bilasizmi biz futbolchilar bilan ikki yillik shartnoma imzolaganmiz. SHu bois ularning boshqa klubga ko'chib o'tishi ko'proq “Dinamo”ga bog'liq.

- Agarda “Dinamo” joriy mavsumni PRO-Ligada o'tkazadigan bo'lsa, tarkibdagi mahoratli futbolchilar Superliga klublariga berib yuboriladimi yoki olib qolinadimi?
- Tarkibni bosh murabbiy aniqlaydi. CHunki natijaga u javobgar. SHu bois bu borada Tachmurod Agamurodovning qarorini xurmat qilamiz.


Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика