So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  1 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  13

Ilhom SHaripov: “Dinamo”da hozircha hammasi mavhum” Yangiliklar

Ilhom SHaripov: “Dinamo”da hozircha hammasi mavhum”

O'tgan mavsum super ligada ayrim uchrashuvlarda sensacion natija qayd etib, ko'pchilikning etiborini tortgan “Dinamo” safini hozirda ayrim futbolchilar tark etmoqda.

Samarqandliklar chempionatni yakunda 12-o'rinda tugatgandi. Yangi reglament bo'yicha jamoa joriy mavsumni pro-ligada o'tkazishi lozim. Olingan malumotlarga ko'ra, “Dinamo” ayni damda o'z qarorgohida tayyorgarlikni boshlagan. Jamoa lageridagi yangiliklarni bilish maqsadida klub menejeri Ilhom SHaripov bilan suhbatlashdik.

- Ilhom aka, “Dinamo”ning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday kechayotgani haqida bizga sizdan boshqa hech aniq malumot bera olmasa kerak. SHu bois bu borada o'zingizdan eshitsak degandik?
- Boshqa jamoalar singari biz ham yangi mavsumga yangi umidlar bilan tayyorgarlikni o'z qarorgohimizda boshlab yuborganmiz. 10 yanvar kuni asosan samarqandlik futbolchilarni yig'ib, kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazib turibmiz.

- O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan qaysi futbolchilar bilan rasman xayrlashildi?
- Ijara asosida o'ynagan – Saidjamol Davlatjonov, Adnan Oraxovac (“Paxtakor”), SHoxrux Xolmatov, Orif Mamajonov (“Qo'qon-1912”), Farhod Tojiev, Muhammad Isaev hamda Doniyor Ismoilov (“Olmaliq”) kabi futbolchilar jamoa bilan xayrlashdi. Agarda “Dinamo”da moliyaviy imkoniyatlar bu yil ko'ngildagidek bo'lsa, ularning ayrimlarini ortga qaytarish imkoniyati ham bor.  

- Abdumalik Abdullaev va Mixail Naumovning keyingi taqdiri qanday kechadi?
- Abdullaev hozirda “Olmaliq”ning xorijdagi yig'inida ishtirok etmoqda. Lekin hujumchini “Dinamo” bilan amaldagi shartnomasi mavjud. Agarda klub futbolchilar oldidagi qarzdorlikni ijobiy yakunlasa, shartnomasi mavjud o'yinchilarni tarkibda olib qolishimiz kerak. Naumov hozir bizni kutmoqda. Agarda mashg'ulotlar ikki mahaldan o'tkazilsa darvozabonimiz yana safimizga kelib qo'shiladi.

- Gaplaringizdan shuni bilish mumkinki, jamoada mavhumlik hukm surayotgandek. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- To'g'ri, hozir bizda ayrim muammolar bor. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra,  qarzdorlik mavjud. Avvalo shu muammoni hal etish kerak.

- Jamoaning futbolchilar oldidagi qarzdorligi katta emasmi?
- To'rtta oylik maosh berilmagan. Futbolchilar hisob-kitob qilishimizni kutishmoqda. Umid qilamizki, rahbariyat ushbu muammolarni ijobiy hal etishda amaliy yordam ko'rsatadi.

- Murabbiylar shtabida o'zgarishlar yo'qmi?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, hozir o'quv-yig'in mashg'ulotlarimizda asosan mahalliy yigitlar qatnashmoqda. Mashg'ulotlarni ham vaqtinchalik mahalliy murabbiylarimiz Uchqun Qobilov, Rafael Balasanyan va Maksim Kolyadin  o'tkazib turibdi. SHu bois hozir Oleg Tyulkin bilan Server Esetov biz bilan birga emas. Muammolar hal etilsa ushbu murabbiylarimiz ham yana jamoaga qaytadi.

- Jamoaning keyingi taqdiriga qachon oydinlik kiritiladi?
- Rostini aytsam, Samarqand viloyati hokimining jamoa rahbariyatini qabul qilishini kutmoqdamiz. Klub prezidenti bilan uchrashib gaplashsak, shunda ko'p narsaga aniqlik kiritiladi. Menimcha bu masala kelasi aniq bo'ladi. Keyin chempionatga tayyorgarlik shunga monand olib boriladi.

- Bundan chiqdiki, “Qizilqum” bilan yaqinda xayrlashgan Ilhom Yunusov jamoada vaqtinchalik shug'ullanib turibdimi?
- Bilsangiz kerak, Yunusov ham samarqandlik futbolchi hisoblanadi. To'g'ri, Ilhom hozir “Dinamo” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Ammo u bilan rasman kelishuvga erishmadik. Tajribali futbolchining oldida bir qancha takliflar turibdi. Lekin u bir to'xtamga kelib ulgurmadi. Agarda jamoamizdagi vaziyat ijobiy tomonga o'zgarsa, Yunusovning “Dinamo”da qolish extimoli yuqori.

- Bu yil O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan klublar oldiga qo'yilgan talablar bilan tanishib chiqqan bo'lsangiz kerak. Bu borada Samarqandda qanday ishlar olib borilmoqda?
- Yangi talab bo'yicha “Dinamo” futbol klubi qoshida futzal  va ayollar jamoasi mavjud. Ayollar jamoamiz o'tgan yili birinchi ligada chempionlikni qo'lga kiritganini ham qo'shimcha lozim. Stadionimizda ham barcha qulayliklar mavjud. Tamirlash ishlari olib borilsa licenziyalash jarayonidan o'tadi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика