So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Ilhom Qurbonov: “Mashal” hozircha franciyalik legionerga qiziqayotgani yo'q” Yangiliklar

Ilhom Qurbonov: “Mashal” hozircha franciyalik legionerga qiziqayotgani yo'q”

Ayni damda O'zbekiston klublari qishki transferdan unumli foydalanib qolish maqsadida selekciya ishlarini olib bormoqda.

Xususan Muborakning “Mashal” jamoasi joriy mavsum mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda xorijlik legionerlar xizmatidan ham foydalanishni maqsad qilgan. “Gazchilar” safiga franciyalik futbolchining kelib qo'shilishi to'g'risida xabarlar paydo bo'ldi. SHunga oydinlik kiritish maqsadida klub bosh direktori Ilhom Qurbonov bilan bog'langanimizda quyidagilarni malum qildi.  

- Jamoamiz har yilgiga nisbatan joriy mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchilarni o'z safimizga qo'shib oldik. SHuningdek bu yil legionerlar limitidan ham foydalanishga xarakat qilyapmiz. Selekciya ishlari bo'yicha jamoamizda men bilan birga Dilyaver Vaniev shug'ullanadi. 

“Mashal”ga kelishi mumkin bo'lgan o'yinchilar haqida malumot yig'ib borib, ular bilan muzokara o'tkazgan xolda, yakuniy qarorni bosh murabbiyga qoldiramiz. Agarda ushbu futbolchilar Aleksandr Xomyakovga maqul kelsa, shartnoma imzolanadi. Legionerlar bo'yicha sizga shuni aytishim mumkinki, serbiyalik Milan Spremo, ukrainalik Dmitriy Bashlay va Oleg Barannik, makedoniyalik Jalil Asani hamda chernogoriyalik Goran Vuyovich kabi o'yinchilar hozirda jamoamiz lagerida bo'lib turibdi. Ularning ayrimlari bilan kelishuvga erishdik. SHuningdek ko'rikka taklif etilganlari ham bor albatta.  

- Ammo franciyalik futbolchining jamomizga kelishi haqida bizda hech qanday malumot yo'q va hozircha ushbu davlatdan legioner olmoqchi emasmiz –deydi Ilhom Abdug'anievich.  

Islombek Rustambekov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика