So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

Ilhom Mo'minjonov: “Mashal” – oliy ligaga chiqishga haqli jamoa” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Mashal” – oliy ligaga chiqishga haqli jamoa”

Birinchi liganing ikkinchi bosqichidan o'rin olgan “Paxtakor-2” – “Mashal” bahsidan so'ng “paxtakorchilar” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Ilhom aka, yirik mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi?

- Birinchi sababi sifatida tarkibimizning tubdan o'zgarib ketganini aytishimiz mumkin. Birinchi bosqichda to'p surgan futbolchilardan 70 foizini “Paxtakor”ning o'rinbosarlar tarkibiga berdik. Bundan tashqari, bugungi o'yinda oltita 1995 yilda tug'ilgan o'yinchimiz ishtirok eta olmadi. CHunki ular ayni paytda terma jamoa safida yig'in o'tkazishmoqda. SHunga qaramay, bugungi uchrashuvda ishtirok etgan o'yinchilar ko'rsatmalarimni bajarishga harakat qilishdi, lekin baribir tajriba o'z so'zini aytib, “Mashal” g'alaba qozondi. Nasib qilsa, navbatdagi o'yinimiz “Spartak”ka qarshi kechadi va bu bellashuv biz uchun birmuncha oson o'tadi deb o'ylayman.

- Himoya chizig'i va darvozabonga etirozingiz bormi?
- Albatta, 0:4 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin murabbiyda barcha futbolchilarga nisbatan etiroz bo'ladi. Menda ham darvozabonga va himoyada to'p surgan o'yinchilarga etiroz bor. Keyinchalik shogirdlarim qaerda xatoga yo'l qo'yishganini birma bir tushuntirib beraman.

- Yil boshidan beri deyarli barcha “Mashal”ning oliy ligaga chiqishini gapirib kelmoqda. Bu borada nima deya olasiz?
- “Mashal”ning qanchalik kuchga ega ekanligi ko'rinib turibdi. Menimcha, bu jamoa ortiqcha qiyinchiliksiz oliy ligaga chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика