So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Ilhom Mo'minjonov: “Yangi futbolchilar bilan muzokaralarga kirishganmiz” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Yangi futbolchilar bilan muzokaralarga kirishganmiz”

Navbahor - Nasaf jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Navbahor bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Bugungi qo'lga kiritilgan g'alaba va chempionatda qayd etilgan natijadan xursandman va bundan faxrlanaman. 11 oy davomida men bilan birgalikda yonma-yon ishlagan yordamchi murabbiylarimizga kattakon rahmat aytaman. Mehnatlarimiz samarasi o'laroq «Navbahor» chempionatni beshtalikda yakunladi. SHu jumladan futbolchilarga ham o'z minnatdorchiligimni bildirib o'taman. Bir qator etakchilar yo'qligiga qaramay o'zlarini nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etib, g'alabani qo'lga kiritishdi. Erishganlarimiz bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Turli xil gap-so'zlar bo'xtonlarga etibor qaratmagan holda ishlashda va izlanishda davom etamiz. Zero oldimizda murosasiz ruhda o'tishi kutilayotgan 2018 yilgi chempionat turibdi. Fursatdan foydalanib, yil davomida bizni qo'llab turgan Namangan xalqini ham g'alaba hamda beshinchi o'rin bilan muborakbod etaman.
-  Mavsum yakuniga ko'ra «Navbahor»ni bir qator futbolchilar tark etadi degan malumotlar paydo bo'ldi. SHunga ham oydinlik kiritib o'tsangiz?

- 2017 yilgi mavsum endi tugadi. Futbolchilar bilan yil boshida imzolangan shartnomalar muddati yakunlandi. Imkon qadar hozirgi tarkibdagi o'yinchilarni jamoada olib qolishga harakat qilamiz. Jamoadagi futbolchilar bilan shartnoma muddatlarini uzaytirish borasida gaplashamiz. Kelishuvga erishgan o'yinchilarni safimizda olib qolamiz. Umuman olganda tarkibni kuchaytirish borasida selekciya ishlarini mavsum yakunlanmay turiboq boshlab yuborganmiz. Bundan bir oy vaqt oldin O'zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan besh-olti nafar futbolchi bilan muzokaralarga kirishganman. Ular bilan og'zaki tarzda kelishib qo'yganmiz. Lekin, aynan qaysi futbolchilarni jamoaga taklif etganligimiz sirligi uchun ularni aynan kimlar ekanligini ayta olmayman.
- Barchaga malumki, Namangan futbolidan bir qator iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan. Ayni paytda boshqa klublarda to'p surayotgan mahalliy futbolchilarni ko'z ostingizga olib qo'yganlaringiz ham bormi?
- Albatta bor. Mahalliy bo'lgan uch nafar futbolchi bilan muzokaralar olib bordik. «Nasaf»da ham asli namanganlik bo'lgan yaxshi futbolchilar to'p surishmoqda. Hozirda aynan kimlarni taklif etganligimizni o'zinglarga malum sababga ko'ra ayta olmayman. Ular bilan tez-tez gaplashib turibmiz. Muzokaralarni kelgusida ham davom ettirib jamoaga jalb etish borasida ish yuritamiz.
- Yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi bilan ham o'rtoqlashsangiz?
- 2018 yilgi mavsumga puxta tarzda tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilganmiz. Aynan shu maqsadda 15 dekabr kuni Namanganda to'planib, yangi mavsum oldidan 10 kundan iborat dastlabki  o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazamiz.
"Navbahor" FK matbuot xizmati.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика