So’nggi yangiliklar

22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  1 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  1 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  0 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  10 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  3 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6

Ilhom Mo'minjonov: "O'z vaqtida "Dinamo" 4 ta g'alabadan so'ng "Lester"ga qiyoslangandi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "O'z vaqtida "Dinamo" 4 ta g'alabadan so'ng "Lester"ga qiyoslangandi"

O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Neftchi" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Superliga uchrashuvlarida ketma-ket 3 turdagi mag'lubiyatlardan so'ng bizga g'alaba zarur edi. Bugun yutishimiz shart edi va yigitlar ko'rsatmaslarni to'g'ri bajargan xolda bu vazifani uddalashdi. Navbatda "Qizilqum" bilan o'yinga tayyorgarlikka kirishamiz. "Dinamo" jamoasiga kelasi o'yinlarda omad tilayman.

- "Neftchi"ning kubok bahslari va Superligadagi maqsadlari farq qilmaydimi?

- Yo'q, bizda rahbariyat har ikki musobaqada ham yuqori maqsadlarga asoslangan vazifalarni qo'ygan. Bu g'alabamiz yigitlarga chempionatda ham qo'shimcha kuch beradi deb o'ylayman. Mavsum startini yaxshi boshlagandik, biroq keyingi 3 turda mag'lubiyatga uchradik. Yo'qotishlarga uchradik, etakchi futbolchilarimiz turli sabablarga ko'ra maydonga tusha olishmadi. Olg'a intilishda davom etamiz.

- Jamoa etakchisi Lutfulla To'raevning jarohati rejalaringizga jiddiy tasir ko'rsatdi deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, bizda har bir chiziqni to'ldira oladigan futbolchilar bor. Albatta, Lutfulla To'raev jamoamiz uchun muhim futbolchi. Nasib bo'lsa birinchi davra yakuniga qadar safimizga qaytadi.

- Ketma-ket 3 ta turdagi mag'lubiyat mavsum avvalidagi kuchli uchlik rejasining o'zgarishiga sabab bo'ldimi?

- Yo'q, bizda reja o'zgarmadi. Rahbariyat klubimiz oldiga qo'ygan vazifalar ustida ishlashda davom etamiz. O'z vaqtida "Dinamo" ham ketma-ket 4 ta g'alabadan so'ng "Lester"ga qiyoslangandi. Biroq mavsum yakunida Pro-ligaga tushib ketgandi. Ishlashda davom etamiz. Har bir raqibga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Nasib bo'lsa buyog'iga g'alabalarga erishamiz deb o'ylayman.

- Mag'lubiyatlardan so'ng jamoa bilan qanday jiddiy ishlar olib borildi?

- Jamoada o'zgarishlarga qo'l urganimiz yo'q. Faqat yigitlardagi ruhiyat bo'yicha nazariy mashg'ulotlarni o'tkazdik. Kelgusi o'yinlarda ham g'alabalarga erishimiz muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика