So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Ilhom Mo'minjonov: "Navbahor" bilan o'yinga ham odatdagidek tayyorgarlik ko'ramiz" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Navbahor" bilan o'yinga ham odatdagidek tayyorgarlik ko'ramiz"

O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yin haqida aytadigan bo'lsam, ko'plab vaziyatlar yaratgan bo'lsak-da raqib darvozasiga to'p kiriti olmadik. "Gol urmasang g'alaba qozonmaysan" deganlaridek, biz bugun gol ura olmay mag'lubiyatga uchradik. Markazda yo'l qo'yilgan xatolar mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan mahoratli hujumchi darvozamizga gol urib ketdi. Keyingi bosqichga chiqish uchun navbatdagi tur uchrashuvida g'alaba qozonishimiz zarur bo'ladi.

- Lutfulla To'raevning tarkibda yo'qligi sezilib qolayotgandek taassurot uyg'otmoqda. Uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchi tarkibda yo'qmi?

- Lutfulla To'raevning jarohat sabab maydonga tushmayotgani seziladi albatta. Lekin markazda Abror Ismoilov va Sirojiddin Qo'zievlar yomon harakat qilishayotgani yo'q. Faqat oldingi chiziqda gol urolmayapmiz. 

- Birinchi davra yakunida transferlarni amalga oshirish rejada bormi?

- Hozir endigina 4ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Bu haqida o'ylashga hali erta.

- Ikkinchi bo'limda SHarichni maydonga tushirib o'yinni kuchaytirsa bo'larmidi?

- SHarich hozir o'yinlarga to'liq tayyor emas. SHu sababdan yosh hujumchimiz Ulug'bek Hoshimovni maydonga tushirdik. Bizda hujumchilarimiz etarli. Navbatdagi tur uchrashuvlarida nasib bo'lsa hujumchilarimiz gollar urishlariga ishonamiz. 

- "Neftchi" Superligada "Qo'qon-1912"ni, kubokda "Dinamo"ni mag'lub etdi. Jamoa kuchli klublar bilan o'yinlarda qachon g'alabaga erishadi?

- Keyingi o'yinlarda nasib bo'lsa yutamiz.

- Muxlislar haqida fikringiz qanday?

- Muxlislardan hamisha minnatdormiz. Ular bizni uy-safar uchrashuvlarida qo'llab-quvvatlab turishibdi. Murabbiylar shtabi nomidan muxlislardan uzr so'raymiz. Jamoa yutqazsa murabbiylar aybdor bo'ladi. 

- "Navbahor" bilan o'yinga tayyorgarlik alohida jiddiy yondashuv asosida bo'ladimi?

- Biz har o'yinga jiddiy tayyorgalik qilamiz. "Navbahor" bilan o'yin derbi maqomida o'tadi. Biz bu uchrashuvga ham odatdagidek tayyorgarlik ko'ramiz.



Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика