So’nggi yangiliklar

19:30Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  12 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  1 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

Ilhom Mo'minjonov: "Nasaf"dek jamoaga 10 kishi bo'lib o'ynash qiyin" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Nasaf"dek jamoaga 10 kishi bo'lib o'ynash qiyin"

"Nasaf"ga qarshi uchrashuvdan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov jurnalistlar savollariga javob qaytardi:
- Barchani kirib kelayotgan Xayit ayyomi bilan tabriklayman, - deb so'z boshladi murabbiy. Bugun birinchi davradagi so'nggi uchrashuvimizni o'tkazdik. "Nasaf"dek jamoaga 10 kishi bo'lib o'ynash juda qiyin. CHunki ular etakchi jamoalardan biri hisoblanishadi. Birinchi bo'limda himoyadagi xatodan so'ng gol o'tkazib yubordik. Baxsning ikkinchi yarmida bir kishi kam bo'lib 81- daqiqagacha chidadik. SHundan so'ng uchta gol o'tkazib yubordik va alamli mag'lubiyatga uchradik. Xayot davom etadi. Hozir 10 kunlik tatilga chiqamiz. Xatolarimiz ustida ishlab, ikkinchi davradagi muxim bellashuvlarga puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Xa, bugun yutqazdik. Lekin, 6- o'rin uchun kurashishda davom etamiz.

- "Navbahor" mavsumni yaxshi boshladi. Ammo so'nggi vaqtlarda jamoada pasayish kuzatilmoqda. Buning sababi nimada?
- Gapingizda jon bor. Rahbariyat ham o'tgan turda "Olmaliq" bilan kechgan uchrashuvda durang qayd etganimizdan so'ng shu savolni menga berdi. Mavsumni ajoyib boshlagandik. Kamchiliklarimiz mavjud. Mavsumning ikkinchi qismida kuchlilar qatoriga kirishga harakat qilamiz. Jaroxatlar soni ham so'nggi beshta turda ko'payib ketganini takidlashim lozim. G'iyosjon Komilovning yo'qligi ham yaqqol bilindi.

- Qaysi chiziqlar Sizni tashvishga solmoqda?
- Hozirgi kunda hujumda muammolarimiz etarli. Yovanovichdan ko'p narsa kutgandim. U 15 ta o'yinda atiga beshta gol urdi. SHuningdek yarim himoyachilarimiz ham 10- turdan keyin oqsoqlab qolishdi. Ikkinchi davrani ko'tarinki kayfiyatda boshlash uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni bajaramiz. Rahbariyat sharoitlarni yaratib bermoqda.

- "Paxtakor" ijaraga bergan futbolchilarini davralar oralig'ida qaytarmoqda. "Navbahor"dagi "paxtakorchilar"ning taqdiri qanday kechadi?
- "Paxtakor"ning uchta futbolchisini ijaraga olganmiz. Ulardan faqatgina Abbos Otaxonov asosiy tarkib vakili sanaladi. Oxirgi uchta o'yindan ikkitasida ushbu himoyachimiz jaroxat tufayli maydonga tushmadi. Agarda "sherlar" uni chaqirishsa, muammosiz futbolchini qo'yib yuboramiz. CHunki Abbos "Paxtakor"ga tegishli. Qolgan ikki o'yinchi o'zini ko'rsata olmadi. Lekin ular biz bilan qolishadi. Mabodo toshkentliklar o'z o'yinchilarini so'rashsa, ilojimiz yo'q, qaytaramiz. Tarkibda futbolchilarimiz ko'p. O'rtamiyona o'yinchilar ustida yaxshilab ishlab, "Navbahor" shanini himoya qilishga o'rgatamiz.

- Legionerlar o'yinidan ko'nglingiz to'ldimi?
- Yovanovich va Stanoevichdan ko'nglim to'ldi. Garchi Yovanovich kam gol urgan bo'lsada, maydonda katta xajmdagi ishni bajardi. Kerakli o'yinlarda serbiyalik hujumchimiz gollar urdi. Umid qilamanki, ikkinchi davrada ham u "Navbahor" bilan birga bo'ladi. CHunki Nemanya borasida O'zbekistonning etakchi jamoalarida menga va futbolchining o'ziga ko'p qo'ng'iroqlar keladi. U ketmoqchi bo'lib turibdi. Ammo yilning oxirigacha mo'ljallangan kelishuvimiz bor.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика